O’zbekiston aholisining besh foizi xorijga ketishni xohlaydi

  • Amerika Ovozi

O’zbekistonda katta yoshdagi aholining besh foizi boshqa davlatga migratsiya qilishni xohlaydi.

Gallup tadqiqot firmasi sobiq sovet davlatlarida 2010-2012-yillarda o’tkazgan so’rov shundan dalolat beradi.

Ayniqsa, Markaziy Osiyo aholisi chetga ko’chishga xushi yo’q ekan.

Masalan, Armanistonda fuqarolarning 40 foizi migratsiyaga moyil, Ukrainada 21 foiz, Belarusda 17 foiz.

Ro’yxatni Qozog’iston (13), Tojikiston (11), Turkmaniston (6) va O’zbekiston (5) yakunlab beradi.

Gallup ning aniqlashicha, vatandan ketishga majbur qiluvchi asosiy omil iqtisodiyot.

Ya’ni odamlar yashash sharoiti yaxshiroq, mehnat bozori barqarorroq, farzandlar kelajagi kafolatli manzillarni izlayapti.

Hukumatlar buni inobatga olishi va aholi uchun qulay muhit yaratishi kerak, deya tavsiya qiladi tadqiqot mualliflari.

So’rov 12 sobiq sovet davlatida, xususan, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O’zbekistonda 15 va undan katta yoshdagilar orasida o’tkazilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG