20 yil o'tib, Rajiv Gandining qotillari dorga osiladi

  • Amerika Ovozi

Rajiv Gandi (1944-1991)

Rajiv Gandi (1944-1991)

Bundan 20 yil oldin Hindistonda Bosh vazir Rajiv Gandini o’ldirgan uch shaxs 9 sentabr kuni dorga osiladi.

Prezident Pratibxa Patil shu kungacha qamoqda o’tirgan bu insonlarning qonidan kechmagan.

Mahbuslarning advokatlari qatl kuni kechiktirilishini so’rab, ularning hayotini asrab qolish uchun barcha choralar ko’rishga tayyor ekanini aytmoqda.

Lekin 1999 yilda o’limga mahkum etilgan bu shaxslar qilmishi uchun jazolanishi kerak, deydi adliya tizimi xodimlari.

Sonya Gandi, italyan, lekin o'zini Hindistonning fidoiy fuqarosi deb ataydi

Sonya Gandi, italyan, lekin o'zini Hindistonning fidoiy fuqarosi deb ataydi

Aslida Rajiv Gandining o’limida 26 kishi aybdor deb topilgan, o’lim hukmi o’qilgan.

Ammo Oliy Sud keyinchalik ularning 23 nafariga bir umrlik qamoq jazosi berishga qaror qilgan.

Rajiv Gandi, Hindistonning uzoq yillik bosh vaziri Indira Gandining o’g’li, 1991 yilda rahbarlikka qayta saylanish uchun targ’ibot ishlari olib borayotgan paytda janubiy shtat Tamil Naduda qonli xurujida o’lgan. Beliga bomba osgan bir ayol uning oldiga kelib, ta’zim qilar ekan, portlab ketgan.

Rahul Gandi, Rajiv Gandining o'g'li, bugun Hindistonda eng ko'p tilga olinadigan siyosatchi

Rahul Gandi, Rajiv Gandining o'g'li, bugun Hindistonda eng ko'p tilga olinadigan siyosatchi

Qo’shni davlat Shri Lankada mustaqillik uchun kurashayotgan tamillar Gandining o’limi ularning ishi ekanini tan olgan.

Rajiv Gandi hokimiyatni qo'lga 1984 yilda, onasi Bosh vazira Indira Gandi o'ldirilganidan keyin oladi. U atigi 40 yoshda edi. Hindistonning eng yosh rahbari sifatida tarixda qolgan. Rajiv Gandi bosh vazirlikka kelishidan oldin mudofaa, moliya va tashqi ishlar vaziri bo'lgan.

Mana 20 yildirki, uning bevasi Sonya Gandi Kongress partiyasining yetakchisi. Farzandlari Priyanka va Rahul Gandi bugun Hindistonda siyosiy yulduzlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG