Geyts: AQSh Afg’onistonni astalik bilan tark etadi

  • Amerika Ovozi

Qancha askarni va qanchalik tez olib chiqish hozir muhokamada

Qancha askarni va qanchalik tez olib chiqish hozir muhokamada

AQSh Mudofaa vaziri Robert Geytsning aytishicha, qo’shinlar Afg’onistondan sekin-asta, mas’uliyat bilan olib chiqiladi.

Oy oxirida iste’foga chiqishi kutilayotgan vazir kecha Afg’onistonda bo’lib, askarlar bilan ko’rishdi. Bugun u Pokiston bilan chegaradosh Paktika viloyatiga yo’l olgan.

Robert Geyts Afg’oniston janubidagi beqaror viloyatlar, Tolibon manzillari sanalmish Qandahor va Hilmand viloyatlarida AQSh askarlari oldida so’zladi.

“Bu yerda ekaningiz uchun men ham javobgarman”, - dedi Geyts.

“4 yarim yillik xizmatim davomida buni bir soniyaga bo’lsa ham unutmadim. Siz AQShning eng sara, mard farzandlarisiz. So’nggi nafasimgacha sizni o’ylayman. Qilgan mehnatingiz uchun rahmat aytaman”, - dedi AQSh mudofaa vaziri ko’ziga yosh olib.

Geyts AQShning Afg'onistondagi qo'mondoni, general Deyvid Petreus bilan

Geyts AQShning Afg'onistondagi qo'mondoni, general Deyvid Petreus bilan

Obama ma’muriyati rejasiga muvofiq qo’shinlar shu yoz vatanga qayta boshlashi, 2014 yilga borib esa javobgarlik butunlay afg’on qurolli kuchlari zimmasiga o’tishi kerak.

Qancha askarni va qanchalik tez olib chiqish hozir muhokamada.

Geytsning aytishicha, bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avval yordamchi kuchlar, so’ng asosiy jangovar qismlar Afg’onistonni tark etishi lozim, deydi u.

Lekin jangari xurujlari tingan emas. Kechadan beri janub va sharqda NATOning besh askari nobud bo’lgan.

Hafta davomida Geyts Bryusselga borib, NATO xavfsizlik anjumanida qatnashadi. Afg’oniston u yerda tilga olinadigan asosiy mavzulardan biri.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG