Huquq faoli G'aybulla Jalilovning jazo muddati 13 yilga uzaytirilgan


Huquq faoli G'aybulla Jalilovning jazo muddati 13 yilga uzaytirilgan

Huquq faoli G'aybulla Jalilovning jazo muddati 13 yilga uzaytirilgan

O'zbekistonda siyosiy faollar diniy ekstremizm yoki terrorchilikda ayblanayotgan hollar ko’p. Mana shunday tamg’a bilan 9 yilga qamalgan Ga`ybulla Jalilov, O’zbekiston inson huquqlari jamiyati faoli, shu oy boshida qamoqxonada yana bir bor sud qilingan.

Qamoqxonadagi ichki tartibni buzish va diniy motivlarda ayblangan G’aybulla Jaliovga nisbatan jazo muddati 13 yilga uzaytirilgan.

“Jaliliov ustidan sudni hammasi yopiq shaklda o’tdi. Boshida ham uning qayerdaligi, nima uchun olib ketishgani noma’lum edi. Hozirgisi ham shu. Ko’pincha kichkina qonunbuzarlik qilgan odamni to’qima ayblar bilan xavfli residivistga aylantirish hollari bo’ladi. Bu ham shunga o’xshash narsa bo’layapti”, - deydi Vijdon tutqinlarini ozod qilish qo`mitasi rahbari Bahodir Namozov.

Human Rayst Uotch xalqaro inson huquqlari tashkiloti G`aybulla Jalilov ishi bo`yicha maxsus bayonot chiqarib, O`zbekiston hukumatidan jinoiy ishni qayta ko`rib chiqishni so`ramoqda.

Tashkilot nazarida O`zbekistonda inson huququlari bilan bog`liq vaziyat yanada og`irlashgan. G`arb davlatlari bu masalaga jiddiyroq yondashib, deydi tashkilot vakillari, Islom Karimov va uning ma’muriyati bilan bu borada ochiqroq gaplashishi kerak.

Rasmiy Toshkent bu masala yuzasidan lom-mim demaydi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG