BMT: G'azoda vayron bo'lgan uylarni tiklash uchun pul yo'q

  • Amerika Ovozi

G'azodagi uylarning bugungi ahvoli

G'azodagi uylarning bugungi ahvoli

BMTning Gumanitar yordam bo'yicha bosh komissari Pyer Krenbul xalqaro donorlardan G'azoni qayta qurish uchun va'da qilingan moliyaviy yordamni ajratishni so'ramoqda. O'tgan yili Isroil G'azo Sektorini 50 kun davomida havodan o'qqa tutib, vayron qilgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti uylarni qayta qurish va ta'mirlash ishlarida yordam bermoqda. Krenbul pul kam ajratilayotganidan afsusda ekanini bildirib, o'n minglab falastinlik oilalarga moddiy yordam kesilganini ma'lum qildi.

Agentlik mart oxirigacha 100 million dollar kerakligini bildirmoqda. Ushbu mablag'dan zarar ko'rgan uylar ta'mirlanib, boshpanasiz odamlarga ijara puli berish rejalangan.

Zarar ko'rgan va vayron bo'lgan 96 mingta uyni tiklash va yangidan qurishga 720 million dollar kerak. Donorlar shu kungacha 135 million dollar ajratgan, xolos.

O'tgan yilgi xalqaro anjumanda va'da qilingan 5,4 milliard dollardan darak yo'q, deydi BMT rasmiylari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG