G'azoda tarixiy sana nishonlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Falastinning HAMAS guruhi vujudga kelganiga 25 yil bo’ldi.

Hamas arabchada “ishtiyoq” degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, Harakat al-Muqavama al-Islomiya degan so’zlarning qisqartmasi.

G’arb va Isroil tomonidan jangari-terrorchi harakat deb ta’riflanadigan bu partiya G’azo sektorida hukmronlik qiladi. Bugun bu yerda 100 mingdan ziyod odam tantanalarga yig’ilgan.

Xolid Mash’al, HAMASning uzoq yillik rahbari, xalqqa murojaat qilgan.

Falastin ahli Isroil bilan so’nggi, sakkiz kunlik urushga turib berdi, deydi u.

O’zaro havo hujumlari Misr vositachiligida to’xtatilgan edi. Xolid Mash’al kecha Qohiradan yurtiga qaytdi. U 1967-yildan beri vatanda yashamaydi. 1975-yilda qisqa davrga kelib ketgan xolos. HAMASni u asosan Qatar va Misrdan turib boshqaradi. Isroil - dushman davlat, uni yo’q qilish kerak, deb keladi.

Xolid Mash’al 1997-yilda Isroil tomonidan o’ldirilishiga sal qolgan. Xalqaro hamjamiyat aralashuvi bilan yahudiy davlat uni inch qo’yishga qaror qilgan. Lekin tomonlar bir-biriga ishonmaydi. Isroil uchun HAMAS cheksiz tahdid manbai.

2006-yilda bu guruh G’azoda o’tgan saylovlarda g’alaba qozongan. Iordan daryosining G’arbiy sohilida esa Fath, Mahmud Abbos yetakchiligidagi partiya hukmron. Shu tariqa Falastin ikki turli hudud va boshqaruv ostida.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG