Jenevada Ukraina bo’yicha xalqaro anjuman murosa bilan tugadi

  • Amerika Ovozi

Ukraina sharqidagi Kmaratorsk, aeroportga kiraverish.

Ukraina sharqidagi Kmaratorsk, aeroportga kiraverish.

Jenevada Ukrainaga doir xalqaro muzokarada mojaroni hal qilishga kelishib olindi. Taraflar noqonuniy qurolli guruhlarni tarqatishga, bosib olingan binolarni bo'shatgan namoyishchilarga amnistiya berishga kelishdi. Og'ir jinoyatlarni sodir etgan namoyishchilarga bu taalluqli emas.

Muloqotda Ukraina, Rossiya, Amerika va Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.

Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, hozircha bu takliflar qog'ozda. Ularning ijrosini kutamiz, deydi u.

AQShning Si-Bi-Es telekenali bilan suhbatda prezident Barak Obama Rossiya Ukrainaning tinchini va suverenitetini buzadigan har qandar qadami uchun javob beradi, dedi. Biroq Obama Kreml urush izlamasligiga ishonchi komil.

Moskva Ukrainada rusiyzabon aholini himoya qilishga haqli ekanini ta’kidlaydi. Rossiya bu davlatning yangi rahbarlarini aksil-rus kayfiyatda ayblab tanqid qilmoqda.

BMTning inson huquqlari bo’yicha rasmiysi Ivan Simonovich boshliq delegatsiya mart oyida ikki bor Ukrainada bo’lgan. Uning kecha BMT Xavfsizlik Kengashida so’zlashicha, ruslarga qarshi keng ko’lamli hujumlar qayd etilmagan.

Moskva esa BMTning hisobotini noxolis deya rad etmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG