Afrikalik dehqonlar Gruziyada ish qidirmoqda

  • Amerika Ovozi

Afrikalik dehqonlar Gruziyada ish qidirmoqda

Afrikalik dehqonlar Gruziyada ish qidirmoqda

Sobiq Sovet respublikalari fuqarolarining xorijga migratsiyasi haqida ma’lumot ko’p. Ammo Gruziyada teskari jarayon kuzatilmoqda. Bu yerga Janubiy Afrikadan fermerlar ko’chib kelmoqda.

Mana uch asrdan buyon Kemplar oilasi Janubiy Afrikada yashab kelar edi. 66 yoshga kirgan Piet Kemp Gruziyaga ko’chishga qaror qildi. Yarim yil oldin ko’ch-ko’ronini ko’tarib, sobiq Sovet respublikasiga jo’nab va hozir bug’doy, makka yetishtirayotgan Kemp hech narsadan afsusda emas.


“Bu yerda yangi hayot boshladim. Gruziyada hamma bilan do’stlashib, urf-odatlarini o’rganishga harakat qilyapman. 3-mart kuni kelgandim. O’shandan beri na bank o’marilgani, na qotillik va na o’g’rilik haqida eshitdim”, - deydi u.

Kempni Janubiy Afrikadan nafaqat jinoyatchilik quvdi. U boshqa oq tanlilar kabi ta’qibga uchradi. Fermer qora tanlilar oqlarning yerini osonlikcha tortib olishi hollaridan charchaganini aytadi.

Janubiy Afrikada aparteid siyosati yuritilgan davrda qora tanlilarga ikkinchi darajadagi odamlardek qaralgan.

Ko’p yillik ashaddiy kurash natijasida 1994-yilda aparteid bekor qilindi va mamlakat prezidenti etib Nelson Mandela saylandi.

Yangi konstitutsiyada barcha irqlar tengligi qayd etilsa-da, asl vaziyat boshqacha edi. Afrikaner deb ataladigan oq tanlilarning yeri tortib olinib, qora tanlilarga taqsimlab berildi.

Rasmiy Tbilisi afrikanerlarni Gruziyaga taklif qilishga qaror qildi.

Ular Gruziyaga ko’chib kelishining haqiqiy sababchisi – Prezident Mixail Saakashvilining rafiqasi Sandra Rolofs bo’ldi. U asli gollandiyalik. Afrikanerlarning ona tili ham golland tili.

Ular Gruziyaga ko’chib kelishining haqiqiy sababchisi – Prezident Mixail Saakashvilining rafiqasi Sandra Rolofs bo’ldi. U asli gollandiyalik. Afrikanerlarning ona tili ham golland tili.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan buyon Gruziya qishloq xo’jaligi og’ir ahvolda, fermerlarning ko’pi boshqa ish bilan mashg’ul. Yangi ish kuchi qishloqni qayta tiklashga yordam beradi, deyishmoqda ishonch bilan Gruziya rasmiylari.

Vera Kobalia Gruziya Iqtisodiyot vaziri. Kanadada tahsil olgan.

”Ular yillar davomida Janubiy Afrikada yaxshi ishlab kelgan. Biz ularga bu yerda yangi imkoniyatlar yaratmoqchi bo’ldik. Ayni vaqtda Gruziya fermerlari Janubiy Afrika fermerlari bilan tajriba almashishi mumkin”, - deydi vazira.

Ular Gruziyaga ko’chib kelishining haqiqiy sababchisi – Prezident Mixail Saakashvilining rafiqasi Sandra Rolofs bo’ldi. U asli gollandiyalik. Afrikanerlarning ona tili ham golland tili.

Piet Kemp o’tgan yili prezidentning turmush o’rtog’i hammada katta taassurot qoldirganini aytadi.

”Sandra biz bilan bir hafta davomida sayohat qildi. Biz birga uzum terdik, golland tilida muloqot qildik”, - deydi dehqon.

Ammo ba’zi gruzinlar afrikalik fermerlar migratsiyasidan norozi. Ulardan biri Mariam Jorjadze, Gruziya dehqonlariga yordam ko’rsatadigan tashkilot rahbari. Afrikalik 10 fermer ketidan yuzlab nafari ko’chib kelishi, oqibatda mahalliy dehqonlar xorij fermalarining quliga aylanishi mumkin, deydi u. “Bu xuddi sobiq Sovet tizimining o’zginasi bo’ladi”.

Kemp esa muxojir fermerlar mamlakat qishloq xo’jaligini qayta tiklashga yordam beradi, deb ta’kidlaydi. Ayni vaqtda u Gruziya jamiyatiga kirishib ketish muhim, deydi. “Men Janubiy Arikada boshqalardan ajralib turardim, bu yerda esa mahalliy xalqqa o’xshagim keladi”, - deydi fermer.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG