Ivanishvili yangi vazirlar mahkamasi tarkibini e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Gruziya muxolifati rahbari Bidzina Ivanishvili bosh vazir bo'lish arafasida, Tbilisi, 8-oktabr, 2012-yil.

Gruziya muxolifati rahbari Bidzina Ivanishvili bosh vazir bo'lish arafasida, Tbilisi, 8-oktabr, 2012-yil.

Gruziyadagi parlament saylovlarida g’alaba qozongan koalitsiya rahbari, milliarder Bidzina Ivanishvili bosh vazir bo’lishga tayyorlanar ekan, bo’lajak vazirlar mahkamasi tarkibini bugungi matbuot anjumanida qisman ma’lum qildi.


"Hukumatni tinch yo’l bilan yangilashga muvaffaq bo’ldik. Endi esa xalq farovonligi yo’lida mehnat qilamiz", - dedi u.

Ayrim tahlilchilar nazarida Ivanishvili Rossiyaga xayrixoh arbob, biroq G’arb bilan ham hamkorlikdan qochmaydi. Yangi parlament oy oxirida ishga kirishib, Ivanishvili taqdim etgan mahkamani tasdiqlashi lozim.

Ivanishvili mudofaa vazirining sobiq o’rinbosari va BMTdagi sobiq elchi Irakli Alasaniyani mudofaa vaziri va bosh vazir o’rinbosari lavozimiga, Germaniyadagi sobiq elchi Maya Panjikidzeni tashqi ishlar vaziri lavozimiga, futbol yulduzi va Milan jamoasining sobiq o’yinchisi Kaxa Kaladzeni mintaqaviy taraqqiyot va infratuzilma vaziri lavozimiga ko’rsatgan.

Yevropalik tahlilchi Mark Mullenning aytishicha, Ivanishvilining koalitsiyasi siyosiy jihatdan xilma-xil bo’lib, vazirliklarga layoqatli nomzodlarni tanlagan.

Ivanishvili bosh vazir bo’lsa, birinchi navbatda AQShga safar qilishini ma’lum qildi. Qo’shma Shtatlar yoki NATO bilan aloqalarni boy berish niyatimiz yo’q, dedi u. Rossiya bilan ham munosabatlar yaxshilanishiga ishora qildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG