Georgiy Margvelashvili - Gruziyada prezident saylovlari g'olibi

  • Amerika Ovozi

Gruziyada prezidentlikka nomzod Georgiy Margvelashvili g'alabasini nishonlamoqda, Tbilis, 27-oktabr, 2013-yil

Gruziyada prezidentlikka nomzod Georgiy Margvelashvili g'alabasini nishonlamoqda, Tbilis, 27-oktabr, 2013-yil

Gruziya parlamentida hukmron “Gruziya orzusi” koalitsiyasidan nomzod Georgiy Margvelashvili kecha o’tgan prezident saylovlarida 62 foiz ovoz to’plab, g’olib deb topildi.

Muddati tugayotgan prezident Mixail Saakashvilining “Birlashgan milliy harakat” partiyasidan nomzod David Bakradze 22 foiz, parlament sobiq spikeri Nino Burjanadze esa 10 foiz ovoz olgan.

Mamlakat parlament tizimiga o’tar ekan, prezidentning ayrim vazifalari bosh vazirga topshiriladi. O’tgan yilgi parlament saylovlarida koalitsiyasi g’alaba qozonib, bosh vazirlikni qo’lga kiritgan milliarder Bidzina Ivanishvili yaqin haftalarda lavozimidan ketib, o’z o’rniga loyiq arbob nomzodini ko’rsatishni va’da qilgan.

Margvelashvili Saakashvilining G’arb bilan yaqinlashish, NATO va Yevropa Ittifoqiga qo’shilish siyosatini davom ettirishini bildirib, Rossiya bilan ham munosabatlarni yaxshilashga so’z berdi.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari Saakashvili prezidentlikni topshirgach, hibsga olinishi mumkinligidan xavotirda. Margvelashviliga ko’ra, Saakashvili 2008-yilgi Rossiya bilan urush yuzasidan so’roq qilinishi mumkin.

Kuzatuvchilar nazarida saylovlar qonunbuzarliklarsiz, halol o’tgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG