Gruziya Tashqi ishlar vaziri norozilik bildirib iste'foga chiqdi

  • Amerika Ovozi

Gruziyaning iste'foga chiqqan Tashqi ishlar vaziri Maya Panjikidze

Gruziyaning iste'foga chiqqan Tashqi ishlar vaziri Maya Panjikidze

Gruziyaning G'arbga moyil mudofaa vaziri ishdan olingach, mamlakat tashqi ishlar vaziri norozilik bildirib iste'foga chiqdi. Bu hodisa davlatning G'arb bilan muloqoti qanday yo'nalishda borishi yuzasidan hukumatda kelishmovchiliklar borligidan dalolat bermoqda.

Seshanba kuni Mudofaa vaziri Irakli Alasaniya ishdan bo'shatilgach, Tashqi ishlar vaziri Maya Panjikidze va uning uch o'rinbosari e'tiroz sifatida iste'foga chiqqanini ma'lum qildi.

Panjikidzening aytishicha, Bosh vazir Irakli Garibashvilining mudofaa vazirini ishdan olishi siyosiy sabablarga ega bo'lib, mamlakatning NATO va Yevropa ittifoqiga qo'shilish imkoniyatlariga zarar yetkazadi.

Mudofaa vazirligining bir necha rasmiysi qamoqqa olingan. Alasaniyaning aytishicha, hukumat G'arb bilan yaqin aloqada bo'lishni istagan rasmiylarni jazolamoqda.

Bosh vazir Garibashvili bu da'volarni inkor etadi. Unga ko'ra, ayblovlar mantiqsiz va Gruziyaning G'arbga qo'shilish siyosatida hech qanday o'zgarish bo'lishi mumkin emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG