AQSh Germaniya kansleri ketidan josuslikda ayblanmoqda

  • Amerika Ovozi

Germaniya kansleri Angela Merkel

Germaniya kansleri Angela Merkel

Germaniya hukumati AQShning kansler Angel Merkel ketidan josuslik qilgani haqidagi da’volarni tekshirish uchun razvedka xizmati rasmiylarini Vashingtonga yubormoqda. Germaniya ichki ishlar vaziri Gans-Piter Fridrixning aytishicha, so’nggi voqealar Berlinning Vashingtonga ishonchiga putur yetkazdi.

"Agar amerikaliklar haqiqatan Germaniya rasmiylari telefon suhbatlarini kuzatgan bo’lsa, demak, ular Germaniya qonunini buzib, suverenitetiga zid ish qildi", - dedi Fridrix.

Nemis matbotiga ko’ra, AQSh razvedkasi 10 yildan beri kansler Merkelning uyali telefon suhbatlarini kuzatib borgan. AQSh prezidenti Barak Obamaga bu haqda 2010-yilda ma’lumot berilganida, deyiladi maqolada, Obama amaliyotga qarshi chiqmagan.

Merkel chorshanba kuni Obamaga qo’ng’iroq qilib, bundan shikoyat etgan. Oq uy kansler telefonini kuzatayotganimiz yo’q, kelajakda ham bunday qilmaymiz deb, o’tmishdagi amaliyot xususida hech narsa demadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG