Saif al-Islom Qaddafiy otasining o'rnini egallashga tayyor

  • Amerika Ovozi

Saif al-Islom Qaddafiy konstitutsion demokratiya tuzishni va'da qilmoqda. Lekin Liviya hukumati bilan yaqindan gaplashgan diplomatlarning aytishicha, muxolif kuchlar u yoqda tursin, hatto Muammar Qaddafiyning o'zi bunga ko'nmaydi.

Liviyada Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar g'arbiy shahar Misratani qamal qilib, tanklar va snayperlar yordamida unga zarba berishda davom etmoqda. Jangarilar katta talofat ko'rgani ma'lum.

Muxolifat neft markazi hisoblanmish Brega shahri tomon yurib, Qaddafiy qo'shinini chekinishga majbur qilganini aytmoqda.

Bu orada Liviya hukumati Yevropaga maxsus vakil yuborib, mojaroga yechim qidirmoqda. Muvaqqat Tashqi ishlar vaziri Abdul-Ati al-Obidiy Turkiya rasmiylari bilan muzokaraga kirib, muxolif kuchlar bilan sulh tuzish haqida gaplashmoqda.

Gretisya Bosh vaziri Jorj Papandreu Liviya muvaqqat Tashqi ishlar vaziri Abdul-Ati al-Obidiy bilan, Afina 3 aprel 2011

Gretisya Bosh vaziri Jorj Papandreu Liviya muvaqqat Tashqi ishlar vaziri Abdul-Ati al-Obidiy bilan, Afina 3 aprel 2011

Kecha Obidiy Afinada Gretsiya Bosh vaziri Jorj Papandreu bilan muloqot qilgan edi.

Italiya bugun Liviya muxolifatini ishonchli siyosiy kuch deya tan oldi.

Amerika matbuotining yoritishicha, Qaddafiyning o'g'li Saif al-Islom o'z taklifi bilan chiqmoqda: u otasining o'rnini egallaydi va darhol siyosiy islohotlar boshlaydi.

Brega, 4 aprel 2011

Brega, 4 aprel 2011

Saif al-Islom Qaddafiy konstitutsion demokratiya tuzishni va'da qilmoqda. Lekin Liviya hukumati bilan yaqindan gaplashgan diplomatlarning aytishicha, muxolif kuchlar u yoqda tursin, hatto Muammar Qaddafiyning o'zi bunga ko'nmaydi.

Brega shahri yaqinida turgan muxolif kuchlar, 3 aprel 2011

Brega shahri yaqinida turgan muxolif kuchlar, 3 aprel 2011

Shunday bo'lsada, mojaroni tahlil qilib kelayotgan ekspertlar nazarida, 42 yillik rahbar Muammar Qaddafiy uchun imkoniyatlar maydoni juda toraygan. Lider kuni bitayotganini tushuna boshlagan, deydi ular, va xalqaro hamjamiyatga bosh egishga majbur bo'ladi.

Muxolifatni quvvatlayotgan G'arb davlatlari Qaddafiydan keyin nima bo'lishi haqida jiddiy o'ylanib, chora ko'ra boshlashi lozim, deydi tahlilchilar, aks holda hokimiyat uchun kurash avj olib, vaziyat yanada og'irlashishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG