Guantanamodan to'qqiz yamanlik Saudiya Arabistoniga ko'chirildi

  • Amerika Ovozi

Yamanlik mahbuslar

Yamanlik mahbuslar

AQShning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida saqlangan yamanlik mahbuslarning to’qqiz nafari Saudiya Arabistoniga ko’chirildi.

Oq uy Kongressdagi respublikachi qonunchilar e’tiroziga qaramay, qamoqxonani yopishga harakat qilmoqda. Bu Barak Obamaning saylov paytida bergan va’dalaridan biri edi.

Mahbuslar Riyodda tibbiy ko’rikdan o’tgach, Yaman rasmiysi ular bilan suhbat qildi.

"Bu yerga eson-omon yetib kelganimizga shukur qilamiz. Qirollik hukumatiga bizni qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deydi ulardan biri Muhammad al-Humayriy.

Saudiya Arabistoni uzoq muzokaralardan so’ng va, ayniqsa, qo’shni Yamanda 2014-yilda fuqarolar urushi boshlangach, mahbuslarni qabul qilishga rozi bo’ldi.

"Afsuski, Guantanamo qamoqxonasida ko’plab yamanliklar uzoq yil saqlandi. Qamoqxona yopilish arafasida ekan, mahbuslar vataniga qaytarilmoqda. Bu odamlarga umid bag’ishlovchi, jamiyatga qayta qo’shilishi uchun imkon beruvchi dastur ishlab chiqyapmiz”, - deydi Yaman Inson huquqlari vaziri Azzaldin al-Asbahiy.

Guantanamoda ko’pi bilan 780 mahbus saqlangan. Ular terrorizmda gumon qilingan, ammo aksariyatiga sudda rasmiy ayblov qo'yilmagan. Bugun qamoqxonada 80 nafari qolgan. Ular ham yaqin oylarda ozod etilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG