Muzliklar kutilganidan ham tezroq erishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Grenlandiya muzliklari

Grenlandiya muzliklari

Iqlim o'zgarishi bilan shug'ullanayotgan olimlar muzliklarning erishini kuzatayotgan bir paytda boshqalar muzliklar ostidagi okean haroratini o'rganmoqda.

Arizona universiteti ekspertlari nazarida Grenlandiya va Antarktikada suv ilishi oqibatida qutblardagi muzliklar o'ylanganidan tezroq erishi mumkin.

Tadqiqotchi Janjun Yinning aytishicha, muz iliq xonada bir necha soatda erisa, iliq suvda bu jarayon bir necha daqiqa oladi, xolos.

Universitet olimlari o'tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Grenlandiya yaqinidagi okean suvi 2100 yilgacha yiliga ikki darajaga ilishi kutilmoqda.

Natijada undagi muzliklar tez erib, jahonda toshqin hollari ko'payadi. Orol davlatlar esa umuman suv ostida qolib ketishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG