Joriy yilning birinchi yarmi tarixda eng issiq davr bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Jahon meteorologlar tashkiloti joriy yilning birinchi yarmi tarixda eng issiq bir davr bo'lganini aytmoqda. Global iqlim o'ylanganidan tezroq isib borayotganidan nishona bu.

Jenevada asoslangan tashkilot joriy yil umuman rekord darajada issiq bo'lishini taxmin qilayapti. Mutaxassislar iqlimdagi salbiy o'zgarishlarning oldini olishga doir Parij bitimi ijrosini tezlatishga da'vat etmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim bo'yicha ekspertlari sayyora avval o'ylanganidan tezroq qizib borishini taxmin qilayapti. Shimoliy yarimshar, jumladan, AQShning Alyaska shtati, Kanada va Rossiyada harorat oldingidan baland.

Meteorolog Deyvid Karlson insoniyat o'zi guvoh bo'lib turgan ahvoldan, oldinda nimalar kutayotganidan vahimada, deydi. Joriy yil vaziyat shu bo'lsa, kelgusida bizni nimalar kutmoqda, deya so'raydi u.

Olimlarning aytishicha, haroratning ko'tarilishiga karbonad angidrid miqdorining oshgani sabab bo'lmoqda.

"Jahon meteorologlar tashkilotining aniqlashicha, karbonad angridrid hajmi oshgani sari havo ham mos holda isiyapti", - deydi olim Dag Parr. "Arktika, Grenlandiya muzliklariga tahdid solayotgan ham shu. Vaqtni boy bermasdan, chora ko'rish kerak", - deydi u.

Noyabrda 200 davlat rasmiylari Marokashda majlis qilib, o'tgan yilgi Parij bitimi ijrosiga kirishadi. Kelishuvda havoda zararli gazlar miqdorini kamaytirish, atmosferani kamroq bug'lash, muqobil energiya manbalaridan kengroq foydalanish haqida so'z boradi.

Dekabrda erishilgan Parij bitimini kamida 55 davlat imzolagan. Uning ijrosini ta'minlash vaqti keldi, deydi Fransiya rasmiysi Segolen Royal.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG