2015-yilda global iqtisodiyot o'sadi, ammo tengsizlik, ishsizlik kuchaymoqda

  • Amerika Ovozi

Xalqaro valyuta jamg'armasi 2015-yilga qilgan iqtisodiy bashoratiga o'zgartirish kiritdi. Tashkilot bosh iqtisodchisi Oliviye Blansharning aytishicha, bu yili dunyo ekonomikasi o'tgan yilga qaraganda bir oz o'sadi.

Oktabr oyida jamg'arma joriy yil uchun o'sish sur'ati 3,8 foizdan 3,5 foizga tushadi deya bashorat qilgan edi. Har holda rivojlanish o'tgan yilga qaraganda yuqoriroq bo'lishi aytilyapti.

Blansharning Pekinda so'zlashicha, neft narxining tushishi bunga sabab. O'tgan yil iyun oyida qora oltin narxi bir barrelga 100 dollardan 50 dollargacha tushdi.

Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotiga ko'ra, 2019-yilga borib, 212 milliondan ziyod odam ishini yo'qotadi. Ayni damda 201 millon odam ishsiz.

Hisobotda aytilishicha, 2008-yilda global iqtisodiy inqiroz boshlanganidan beri 61 milliondan ziyod odam ishsiz qolgan.

Tashkilot tengsizlikning kuchayayotgani haqida ham ogohlantirmoqda. Natijada ayrim mamlakatlarda beqarorlik vujudga kelishi mumkin va 15 dan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar buning ortida turishi aytilyapti. Ayniqsa, shu toifa orasida ishsizlik yuqori bo'ladi, deyiladi hisobotda. O'tgan yili yoshlarning 13 foizi ishlamagan.

Qashshoqlikka qarshi kurashuvchi Oksfam xayriya tashkilotining bildirishicha, dunyo aholisining eng badavlat bir foizi 2016-yilga borib qolgan 99 foizdan boyroq bo'larkan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG