Breaking News

2010 yil sarhisobi: Ishsizlik, taqchillik va siyosiy o'zboshimchalik


Dunyo ahli yil bo’yi moliyaviy inqiroz oqibatlari bilan kurashdi va kelasi yil ham mashaqqatli kechishi kutilmoqda.
Dunyo ahli yil bo’yi moliyaviy inqiroz oqibatlari bilan kurashdi va kelasi yil ham mashaqqatli kechishi kutilmoqda.

Dunyo ahli yil bo’yi moliyaviy inqiroz oqibatlari bilan kurashdi va kelasi yil ham mashaqqatli kechishi kutilmoqda. Ishsizlik bugun umumbashariy muammo.

Qarzini to’lashga qurbi yetmayotgan millionlab insonlarni har yerda uchratasiz. Ko’rilgan choralar ko’p hollarda samara bermayapti.

2010 yil, oddiy qilib aytganda, mislsiz qiyinchiliklar davri bo’ldi. Qayerga bormang, ishsizlik, iqtisod chatoq.

Krizis 2008 yil boshlangan edi. Undan qattiq zarar ko’rgan yirik davlatlar oyoqqa turishga urinmoqda. Lekin Jahon Banki tahlilicha, rivojlanayotgan mamlakatlar ildamroq harakat qilmoqda.

“Osiyoda iqtisodiy rivojlanish yuqori darajada qolmoqda. Lotin Amerikasida ham shunga guvohmiz. Bu jahon iqtisodiyotiga kuch bermoqda”,- deydi Gans Timmer, Jahon Banki bosh mutaxassisi.

Bunda asosan Xitoy, Hindiston va Braziliya singari katta davlatlardagi taraqqiyot nazarda tutilmoqda.

Krizis 2008 yil boshlangan edi
Krizis 2008 yil boshlangan edi

Yil o’rtalariga borib Amerikada ishsizlik 10 foizga yetdi. 16 davlatni o’z ichiga olgan Yevrozonada esa moliyaviy taqchillik oqibatlari shu qadar sezila boshladiki, hukumatlar byudjet va sarf-xarajatni izchil ko’rib chiqishga majbur bo’ldi.

Uri Dadush, xalqaro iqtisod bo’yicha yetakchi ekspert.

“2010 yilda jahon krizisdan chiqish uchun ancha harakat qildi desak xato bo’lmaydi. Ba’zi mamlakatlarda vaziyat ancha yaxshilandi ham. Lekin Yevropa kredit tizimi butunlay ishdan chiqqani ayon bo’ldi. 2011 yilda mana shuning ta’siridan aziyat cheksak ajabmas”,- deydi u.

Gretsiyada hukumat ijtimoiy himoyani qirqishga majburligini e’lon qilishi bilan ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Yevropa Ittifoqi bu a’zo davlatga qanday yordam berish haqida o’ylanar ekan, yevroga ishonch pasaydi.

Xitoy, Hindiston va Brazliya ildam harakat qilmoqda
Xitoy, Hindiston va Brazliya ildam harakat qilmoqda

AQShda esa markaziy bank xususiy sektorni quvvatlash uchun yana 600 milliard dollar ajratdi. Maqsad foiz stavkalarini pasaytirish orqali iqtisodni jonlashtirish.

Lekin Katta Yigirmalik nazarida bu qarori bilan AQSh jahon bozoridagi balansni buzmoqda.

Xitoy o’z milliy puli bahosini sun’iy ravishda ushlab turibdi deb nolib keladigan Amerika bozorda kapital hajmini oshirmoqda.

Bu ham adolatli bozor qonunlariga ziddir, deydi ekspertlar.

“AQShning bu qarori Katta Yigirmalik doirasida kuchli qarshilik bilan kutib olindi. Bu yordam rivojlanayotgan davlatlarga biror foyda keltirmaydi”, - deydi Dominiko Lombardi, Vashingtondagi Brukings tahlil markazi vakili.

Katta Yigirmalik a'zolari ko'p sohalarda kelisha olmayapti
Katta Yigirmalik a'zolari ko'p sohalarda kelisha olmayapti

Katta Yigirmalik a’zolari orasida kelishmovchiliklar talay. Muammolar oydek ravshan, ammo anjumanlar faqat umumiy bayonotlar bilan cheklanadi.

Yevropa banklari va moliyaviy tizimi yaqin kelajak qorong’u deb bong urmoqda. Kredit to’lovlari vaqtida olinmasa, vaziyat yanada og’irlashadi. Irlandiyada bo’lgani singari boshqa davlatlar ham katta yordam paketi so’rashga majbur bo’ladi.

Yevropa Ittifoqi chora ko’rmasa, deydi yana bir tahlilchi Desmon Lakman, yaqin orada kamida ikki davlat iqtisodiyoti tamoman barbob bo’ladi.

“Portugaliya hozir zo’rg’a dosh berib turibdi. Undan keyin Ispaniya… Ahvol juda tang”.

Yevropa Ittifoqi Portugaliya va ispaniyani har yoqasidan qaytarishga urinmoqda
Yevropa Ittifoqi Portugaliya va ispaniyani har yoqasidan qaytarishga urinmoqda

Ispaniya Yevropa Ittifoqining moliyaviy tayanchlaridan biri edi. Iqtisodi jihatdan blokda uchinchi o’rinda. Bugungidek zaiflashadi deb hech kim o’ylamagan.

Gap shundaki, Yevropa inqirozdan chiqmasa, jahon iqtisodiyoti ham undan chiqa olmaydi. Afrika davlatlari bu kontinentdan katta ko’mak oladi. U qirqilsa, ko’plab mamlakatlarga ocharchilik yuzaga kelishi, maktablar yopilishi mumkin.

“Yevropada ahvol yaxshilanmasa, buning azobini Afrika tortadi. Bu aniq”,- deydi iqtisodchi olim Dominiko Lombardi.

Jahon iqtisodiyoti shubhasiz o’ta murakkab ko’rinishga ega. Davlat bir o’zi oyoqqa tura olmaydi, rivojlana olmaydi. Rivojlangan mamlakatlar qaqshasa, bu butun yer shari uzra aks sado beradi. Hamma narsa bir-biriga chambarchas bog’liq.

“Amerikada ish o’rinlari yaratilmasa, iqtisodiy o’sish past foizda qolaversa, global vaziyat ham o’nglanmaydi",- deydi Gans Timmer, Jahon Banki vakili.

"Yangi sohalar vujudga kelar ekan, inqirozga yetaklagan sabablarni tushunib, va ulardan saboq olgan holda harakat qilish kerak”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG