Global jamg’arma: SPIDga qarshi kurash davom etishi kerak

  • Amerika Ovozi

Global jamg’arma: SPIDga qarshi kurash davom etishi kerak

Global jamg’arma: SPIDga qarshi kurash davom etishi kerak

SPID, sil kasalligi va bezgakka qarshi global jamg’armaga asos solinganiga 10 yil to’ldi. Bu davr mobaynida tashkilot 7,5 million hayotni saqlab qoldi. Ammo 2014-yilga qadar bu sohaga yangi grantlar ajratilmaydi. Bu bilan, deydi mutaxassislar, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash susayishi mumkin.

2002-yilda ish boshlagan tashkilot hukumat va xususiy sektor bergan mablag’ hisobiga 150 mamlakatda 22 milliard dollarga teng yuzlab loyihalarni amalga oshirdi.

Jamg’armaga moliyaviy yordam berayotgan davlatlar orasida eng yirigi – Qo’shma Shtatlar. Uning ulushi 33 foizni tashkil etadi. 2010-yilda 1 milliard dollardan ko’proq pul ajratdi.

Global iqtisodiy krizis boshlanganidan buyon moliya oqimi ozaydi. Global jamg’arma faoliyati uchun jiddiy zarba.

SPID/VICh Xalqaro alyansi deb nomlanan bu muassasa jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, “To’xtamang!” degan kampaniya boshladi.

Global jamg’arma: SPIDga qarshi kurash davom etishi kerak

Global jamg’arma: SPIDga qarshi kurash davom etishi kerak

Tashkilot rahbari Alvari Bermexo:

“Ilm-fan sohasida biz buyuk kashfiyot bo’sag’asida turibmiz. U bizga insoniyatni SPIDdan xalos etish imkonini beradi. Biroq aynan shu paytda donorlar majburiyatidan qaytmoqda. Global jamg’armaga mablag’ berilmas ekan, bu maqsadga erishish imkoni ham bo’lmaydi. Shu sababdan biz xalqaro hamjamiyatga VIChga qarshi kurashni to’xtatmaylik, deymiz!”

“2010-yilda Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan anjumanda donorlar Global jamg’armaga madad ajratishni va’da qilgan edi. Lekin majburiyatlarning ko’pi bajarilmadi, va’dalar qolib ketdi”,- deydi Bermexo.

Natijada 2 milliard dollarga teng mablag’ Jamg’arma hisoblariga yetib bormadi. Buning oqibati ayniqsa besh mamlakatda seziladi, deydi Bermexo.

“Masalan, Zambiyada 130 ming odam aksil-retrovirus muoalajasini ololmaydi. SPID va VIChga qarshi kurashni samarali olib borgan Janubiy Sudanda dasturning 80 foizi uchun pul yo’q”.

Zimbabve, Boliviya va Bangladeshdagi bemorlar ham aziyat chekadi.

Tashkilot uch asosiy tavsiyani ilgari suradi. Birinchidan, donorlar ilgari berilgan va’dalari ustidan chiqishi kerak. Ikkinchidan, hukumatlar SPID va VIChga qarshi kurash uchun ko’proq mablag’ ajratishi lozim. Va nihoyat uchunchisi, hozirda amalga oshirilmayotgan dasturlar uchun mas’uliyatni BMT o’z zimmasiga olishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG