Eng yirik neftchi davlatlar ishlab chiqarishni oshirmaslikka kelishdi

  • Amerika Ovozi

Global miqyosda neft narxi tushib ketishi oqibatida dunyoning eng ko'p neft qazib oluvchi to'rt davlati ishlab chiqarishni oshirmaslikka kelishib oldi.

Rossiya, Saudiya Arabistoni, Venesuela va Qatar rasmiylari Dohada yopiq eshiklar ortida kechgan yig'inda shu masalada yangi bitimga imzo chekkan. Tomonlar yanvar oyidagi ishlab chiqarish hajmini oshirmaslikka kelishgan.

Neft narxi so'nggi bir yarim yilda muttasil tushib, oxirgi bir necha o'n yillikdagi eng quyi nuqtaga yetgan. Shuningdek, talabning kamayishi hamda AQShda neft qazib olish hajmining ortishi bir barrel neft narxining 30 dollardan pastga tushib ketishiga sabab bo'ldi.

Bu esa Rossiya, Saudiya Arabistoni va Venesuela kabi davlat byudjeti, asosan, neft savdosiga bog'liq mamlakatlar iqtisodiyotiga katta zarba bo'lmoqda.

Ekspertlar taxminicha, neft narxining bir barreli 20 dollargacha tushishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG