2070-yilga borib islom dunyodagi eng yirik din bo'ladi

  • Amerika Ovozi

AQShning nufuzli tadqiqot markazi o’tkazgan izlanishga ko’ra, XXI asr tugamay turib musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadi va islom eng yirik dinga aylanadi.

“Hisoblarimizga ko’ra, 2070-yilga borib, yer aholisi orasida musulmonlar soni narsoniylar bilan teng bo’ladi”, - deydi tadqiqot mualliflaridan biri.

Izlanishni o’tkazgan “Pew” tadqiqotlar markazi xodimi Konrad Hakettga ko’ra, islom eng katta sur’atlar bilan o’sayotgan din.

Sabab, deydi u, boshqalarning islomni qabul qilishi emas, balki tug’ilishning ko’pligidir.

Ekspertlarning aytishicha, izlanish xulosalarida raqamlardan boshqa ma’lumotlarni ham ko’rish mumkin.

Global aholiga oid o’zgarishlar, asosan, Afrikada yuz bermoqda. Asr o’rtalariga borib qit’ada butun dunyo nasroniylarning 40 foizi istiqomat qiladi.

Hakettga ko’ra, yer yuzidagi umumiy aholi orasida ham xristianlar soni oshib boradi.

“Buni ham musulmonlar, ham nasroniylar uchun xush xabar deyish mumkin”, - deydi u.

Lekin buddistlarga emas. Ular soni yarim million atrofida qoladi, ya’ni o’zgarmaydi.

“Aholiga oid global manzara esa o’zgaradi”, - deydi yana bir tadqiqotchi.

Britaniyalik aholishunos Deyvid Voasga ko’ra, sonning ko’pligi qudratli bo’lish degani emas.

“Aslida iqtisodiy va madaniy mahsuldorlik muhim rol o’ynaydi. Mamlakat katta aholini iqtisodiy sohada hamda boshqa jabhalarda o’z foydasiga ishlatib, qudratini oshira oladimi? Bu ma’noda G’arb hamon yetakchi, deb hisoblayman”, - deydi u.

Shu bilan birga diniy o’zlik aniq fan emas, demografik jarayonlar esa kutilmaganida o’zgarishi mumkin, deydi olimlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG