Google va Yahoo AQSh hukumatidan g’azabda

  • Amerika Ovozi

Google va Yahoo internet qidiruv tizimlari AQSh razvedkasi ularning ketidan pinhona kuzatgani haqidagi xabardan g’azabda.

Amerika hukumati shaxsiy elektron yozishmalar, ma’lumot almashinuvini kuzatishda shu qadar haddidan oshganki, qidiruv tizimini tubdan isloh qilish kerak ko’rinadi, deyiladi Google bayonotida.

Yahoo va Google ning bildirishicha, ular hukumatga matn, audio va videoni tekshirish uchun bunday vakolat bergan emas. Gap, xususan, mazkur kompaniyalarning AQSh emas, chet eldagi ma’lumot almashinuvi haqida ketmoqda.

Qo’shma Shtatlarning o’zida bunday axborotni kuzatish uchun sud ijozati kerak, biroq xalqaro maydondagi ma’lumot almashish borasida qonuniy cheklovlar kamroq.

AQSh razvedkasi bu imkoniyatdan foydalanib, Google va Yahoo ning chet eldagi bazalari ketidan bemalol josuslik qilgan.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden yil boshida hukumatning yashirin kuzatuv dasturi haqida ommani xabardor qilgan edi. Unga ko’ra, Obama ma’muriyati millionlab fuqarolar mamlakatning o’zida va xorijda kimga telefon qilib-elektron maktub yozganini tekshirib borayapti.

Hukumat hatto ittifoqchi davlatlar rahbarlarining telefonini ham tinglab borgani ayon bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG