Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

  • Amerika Ovozi

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

AQSh prezidentligiga nomzod tanlash uzoq va murakkab jarayon. Shu yilning 6-noyabriga belgilangan saylovda demokratlar nomzodi aniq - amaldagi prezident Barak Obama.

Respublikachi da’vogarlar orasida esa shtatma-shtat, saralash jarayoni davom etyapti. Obama bilan bellashaman deb maydonga chiqqan to’qqiz arbobdan hozir olti nafari qolgan.

AQShdagi iqtisodiy ahvol saylovda eng muhim masala, lekin nomzodlar immigratsiya, Afg’onistondagi urush, Yaqin Sharq tinchlik jarayoni haqida nima deydi?

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Tanishing, Mitt Romni. 2003-2007 yillarda Massachussetts shtati gubernatori bo’lgan, Oq uyga ikkinchi bor harakat qilishi. Reytinglar bo’yicha yetakchi. Moliyaviy jihatdan ham eng baquvvat nomzod.

Immigratsiya: Nazoratni kuchaytirish tarafdori. Saylansa, Meksika bilan chegarada devor quradi, hujjatsiz muhojirlarni yollagan kompaniyalarni qattiqroq jazolaydi.

Xitoy: AQShga do’st emas, raqib. Mahsulotiga tarif qo’yish, savdo-tijoratda g’irromlik qilayotgani uchun uni jazolash kerak.

Yaqin Sharq: Isroil va AQShni bir tanu, bir jon deb biladi. Prezident sifatida avvalo Quddusga borishini aytgan. Eronda esa tuzumni o’zgartirish kerak.

Afg’oniston: Qo’mondonlar “ish bitdi” demaguncha, askarlar u yerda qolishi kerak.

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Texaslik kongressmen Ron Pol prezidentlikka da’vogarlar orasida eng keksasi, 76 yoshda. Urushlarga qarshi pozitsiyasi bilan ajralib turadi. Ayova va Nyu-Gempshirda o’tgan partiyaviy saylovda 2-3 o’rinlarni qo’lga kiritgan.

Immigratsiya: Chegara nazorati bosh o’rinda. Amerikada uzoq vaqt hujjatsiz yashab yurgan muhojirlar fuqarolikni qo’lga kiritishiga qarshi.

Xitoy: Kapitalizmda AQShdan ham o’zib ketgan. Ammo ikki mamlakat munosabatlarini ijobiy baholaydi.

Yaqin Sharq: Agar saylansa, tashqi yordamni butunlay kesadi, jumladan Isroilga ham. “Yahudiy davlati arablar bilan ziddiyatlarni o’zi hal qilsin. Eronga sanksiya qo’yishdan naf yo’q”, - deydi.

Afg’oniston: Urushni darhol tugatib, barcha askarlarni vatanga qaytarish kerak.

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Nyut Gingrich, Vakillar Palatasi sobiq spikeri, konservativ doiralarda katta obro’ qozongan. Ishqiy mojarolari tufayli “xotinboz” degan nomi bor. Qator kitoblar muallifi, siyosiy maslahatchi.

Immigratsiya: Qattiqqo’i siyosat tarafdori. Chegarani, kerak bo’lsa, pilotsiz samolyotlar bilan kuzatish, chegarachilar sonini oshirish lozim.

Xitoy: AQShning eng yaqin tijoriy hamkori. Ammo kommunistik davlatdan milliardlab dollar qarz olingani xavotirga molik.

Yaqin Sharq: Eronda rejim o’zgarishini qo’llab-quvvatlaydi. Bu mamlakat atom qurollari ustida ishlayotgani kelajakda ulkan muammolardan darak, deydi.

Afg’oniston: Mamlakatni shoshib tark etmaslik kerak.

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Prezidentlikka respublikachi nomzodlar va tashqi siyosat

Rik Santorum –eng konservativ da’vogar. Pensilvaniyadan sobiq senator.

Immigratsiya: Meksika bilan chegarada balandroq va uzunroq devorlar qurish, vaqtincha viza bilan AQShga kelib ishlash dasturlarini bekor qilish kerak.

Xitoy: Bu kommunist tuzumni mag’lub etish - AQSh oldidagi burch. Prezident etib saylansa, Amerika harbiy qudratini yanada oshiradi.

Yaqin Sharq: Eronni eng kuchli sanksiyalar bilan jazolash, shuningdek, muxolifatchi guruhlarga yordam qo’lini cho’zish kerak.

Afg’oniston: Boshqa respublikachi nomzodlar singari, qo’shinlarni shoshib chiqarmaslikka chorlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG