Gretsiya va Yevropa qarz masalasida kelishdi

  • Amerika Ovozi

Gretsiyada bankdan nafaqasini olish uchun navbatda turgan fuqarolar.

Gretsiyada bankdan nafaqasini olish uchun navbatda turgan fuqarolar.

Gretsiya va Yevropa ittifoqi rasmiylari Afinaga qo’shimcha moliyaviy yordam berish bo’yicha kelishuvga erishdi.

Yevropa Ittifoqi Prezidenti Donald Tuskning aytishicha, 17 soatlik muzokaralardan so’ng barcha bir qarorga kelgan.

Gretsiya 100 milliard dollarga yaqin zarur mablag’ni qo’lga kiritishi uchun qator islohotlarni amalga oshirishga rozi.

Kelishuvda, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg’armasining Gretsiya bilan kelajakdagi hamkorligi hamda 56 miliard dollarga teng davlat mulkini xususiylashtirish masalasi ham qamrab olingan.

Gretsiya mablag’ ajratishda Xalqaro valyuta jamg’armasining asosiy rol o’ynashiga qarshi edi. Yangi kelishuvda u bu shartidan voz kechgan.

Endi bitimni Gretsiya parlamenti ma'qullashi kerak. Unda soliq tizimini isloh qilish, nafaqalarni qisqartirish kabi jamiyatga ta’sir qiluvchi bandlar bor.

Tuskning aytishicha, yangi kelishuvda og’ir shartlar bor, ammo u Gretsiyani yevropalik hamkorlari bilan yana bir safga qaytaradi.

Germaniya kansleri Angela Merkel so'zlariga ko’ra, og’ir talablar qo’yilgani bilan, uning afzalliklari noqulayliklaridan ko’proq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG