Grin karta uchun 2-noyabrgacha hujjat topshirish mumkin

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat departamentining ma’lum qilishicha, "Green Card" lotereya o'yinida qatnashish uchun hujjatlarni 2-noyabrgacha topshirish mumkin.

Amerikada doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi bu imkoniyat lotereyada yutgan odamga nasib etadi.

Uni o'ynash uchun esa elektron ravishda mana bu saytda ro’yxatdan o’tish kerak, bepul: https://www.dvlottery.state.gov/

Forma to'ldirilgach beriladigan maxsus kodni saqlab qo'ying. Natijalar kelasi yilning 1-mayidan boshlab e'lon qilinadi va sizga o'sha kod kerak bo'ladi.

Lotereya shartlari bilan o'zbek tilida mana bu yerda tanishing: http://travel.state.gov/pdf/DV_2015_Instructions_UZBEK.pdf

Grin kartaga sizning nomingizdan hujjat topshirib, buning uchun haq oladigan kompaniyalar, xususiy bizneslar, juda ko'p.

Lekin, deya eslatadi mutasaddilar, lotereya o’ynashning eng ma'qul, oson va qulay yo'li bu rasmiy sahifadan foydalanish.

AQSh elchixonasi grin karta haqida to’liqroq ma’lumot berish maqsadida uchrashuvlar o’tkazadi: uzbekistan.usembassy.gov

Turli Milllat Vakillari Uchun Immigratsion Viza Lotereyasi deb ataluvchi bu dasturdan maqsad, deya bayon qiladi Amerika hukumati, jamiyatni boyitish va xorijliklarga bu mamlakatda o'zlarini sinab ko'rish uchun imkoniyat berish.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG