Breaking News

Grin karta lotereyasi uchun arizalar qabuli boshlandi


Los-Anjeles, Kaliforniya
Los-Anjeles, Kaliforniya

AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi "Grin Karta" (Green Card) hujjatini olish uchun lotereya o'yinlari boshlandi.

Ariza https://www.dvlottery.state.gov/ sayti orqali onlayn topshiriladi.

Bu lotereya asosida Amerika hukumati har yili o’rtacha 50 ming muhojirga immigratsion viza beradi.

Maqsad bu jamiyatni boyitish, etnik va madaniy xilma-xillikni ta’minlash. Bu boradagi qonun AQSh Kongressida 1990-yilda qabul qilingan.

2017-yil «Turli millat vakillari uchun immigratsiya vizalari – DV» (Green Card) lotereyasiga ro‘yxatga olish 2015- yil 1-oktabrdan 2015-yil 3-noyabrgacha davom etadi.

Lotereya o’yinida qatnashish bepul. Hujjat qabul qilingani haqida tasdiqnoma, registratsiya raqami beriladi. Tanlov natijalari 2016-yilning may oyida e’lon qilinadi.

Qatnashchilar lotereyada g’olib bo’lgan yoki bo’lmaganligini tekshirishi uchun “DV Lottery” dasturiga ariza topshirgan mahal berilgan tasdiq xatiga ega bo’lishi kerak.

Ushbu xatdagi tasdiq nomerini AQSh Davlat departamentining maxsus veb sahifasiga kiritib, lotereyada yutgan yoki yutmaganligingizni aniqlashingiz mumkin.

Lotereyada g’olib bo’lganlar va dasturda qatnashayotganlar bilishi lozim bo’lgan muhim huquqiy ma’lumotlar haqida shu yerda o’qing: "Grin karta" g'oliblari uchun foydali maslahatlar

"Green Card" nima? Grin karta lotereyasi-chi? US Diversity Visa Lottery
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:55 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG