Breaking News

2019-yil uchun "grin-karta" lotereyasi natijalarini tekshirish mumkin


Green Card
Green Card

AQShga doimiy yashash uchun kelish imkoniyatini beruvchi "Turli millat vakillari uchun immigratsiya vizalari – DV" (Green Card) dasturiga hujjat topshirganlar natijani bilishlari mumkin.

Buning uchun maxsus sayt ochiq. Ariza topshirilgan paytda berilgan kodni kiritish kerak.

Davlat departamenti g'oliblarga hech qanday xabar yoki maktub jo'natmaydi. Sayt natijani bilishning yagona yo'lidir.

Agar natija ijobiy bo'lib, lotereya yutgan bo'lsangiz, bundan keyingi jarayon to'g'risida o'sha yerda ko'rsatma olasiz. Immigratsion vizaga hujjat topshirish bo'yicha informatsiyani AQSh konsulligining o'zi yuboradi.

Har yili dunyo bo'ylab turli davlatlarning fuqarolari uchun 50 ming atrofida grin karta vizalari beriladi. O'zbekistondan har yili o'rtacha besh ming fuqaro yutadi.

Dasturda qatnashish bepul. Onlayn anketa odatda oktabr oyida to'ldiriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG