Musiqa yulduzlari: "Trampga yo'q deymiz"

  • Amerika Ovozi

Selena Gomez, Los-Anjeles, 20-noyabr, 2016

Selena Gomez, Los-Anjeles, 20-noyabr, 2016

"Green Day" musiqiy guruhi Los-Anjelesdagi konsertda sahnaga chiqib, bo'lajak prezident Donald Trampni qoraladi. "Trumpga yo'q deymiz. Irqchilarga yo'q deymiz. Fashistlarga yo'q deymiz. Bu Amerika!" deya kuyladi guruh.

San'at ahli prezidentlikka demokrat Hillari Klintonni ma'qul ko'rgan biroq saylovda Tramp yutdi. Uning g'alabasini hazm qilish qiyin, deydi ijodkorlar. Asosan liberal qarashga ega bu qatlam nazarida Tramp Amerikaning madaniy boyligini, etnik va diniy xilma-xilligini qadrlamaydi. Muhojirlarga, xususan musulmonlar va lotin amerikaliklarga shubha bilanm qaraydi, deya xavotirlanadi yulduzlar.

Konsertni teleyulduz Jey Farao va moda olamida tanilgan Jiji Hadid olib bordi.

Yilning musiqachilarini taqdirlovchi "American Music Awards" tadbirida tomoshabinlar internet orqali g'oliblarni tanlaydi.

Xonanda Ariana Grande yil artisti deb topildi. U Beyonse, Adel, Jastin Biber, Rihanna va Selena Gomezni dog'da qoldirdi.

"One Direction" guruhining sobiq a'zosi Zayn Malik hozirda o'zi yakka kuylaydi. U ham mukofot oldi.

Sting esa musiqa rivojiga qo'shgan hissasi uchun ulug'landi.

"Amerika kuyi meni bolaligimdan o'ziga rom etgan. Mening ruhim, ijodim Amerikaniki va amerikacha",- dedi u, tomoshabinlar va hamkasblariga minnatdorchilik bildirar ekan.

"Green Day" guruhi

"Green Day" guruhi

Xonanda Zayn Malik

Xonanda Zayn Malik

Musiqa yulduzi Sting

Musiqa yulduzi Sting

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG