Breaking News

2012 yilda Grin karta olish uchun lotereya o'ynashingiz mumkin


2012 yilgi Grin Kard tanlovi borasida barcha zarur ma’lumotlarni AQShning O’zbekistondagi elchixonasi veb saytidan o’zbek va rus tillarida olishingiz mumkin
2012 yilgi Grin Kard tanlovi borasida barcha zarur ma’lumotlarni AQShning O’zbekistondagi elchixonasi veb saytidan o’zbek va rus tillarida olishingiz mumkin

AQShda doimiy yashash va ishlash huquqini beruvchi "Grin Karta" (Green Card) olish uchun lotereya o'yinlari boshlandi.

Bu lotereya asosida, Amerika hukumati har yili 50 ming muhojirga immigratsion viza beradi.

Maqsad bu jamiyatni boyitish, etnik va madaniy xilma-xillikni ta’minlash. Bu boradagi qonun AQSh Kongressida 1990 yilda qabul qilingan.

2012 yil uchun tanlov 5 oktabrda boshlandi va 3 noyabrgacha davom etadi.

3 noyabrdan e’tiboran biror ariza qabul qilinmaydi.

Zarur hujjatlar tarjimai hol, bugungi hayotingiz haqida ma’lumot, adreslar va fotosuratdan iborat.

Ularni elektron ravishda AQSh Davlat departamentining maxsus veb saytida joylashtirish mumkin: http://www.dvlottery.state.gov/

Eslatib o’tamiz, lotereya o’yinida qatnashish bepul. Hujjat qabul qilingani haqida tasdiqnoma, registratsiya raqami beriladi. Tanlov natijasi 2011 yilning 11 mayidan keyin ma’lum bo’ladi.

Grin Kard nasib etgan kishilarga elektron pochta orqali xabar beriladi va viza olish yo’llari haqida ma’lumot jo’natiladi.

AQShning sizning davlatingizdagi elchixonasi bu borada tadbirlar o’tkazishi rejalangan. Qo’shimcha axborotni ham elchixonadan olishingiz mumkin.

Butun jarayon tekin ekanini unutmang. Ayrim hollarda Grin Kard uchun hujjat topshirishda yordam va’da qiladigan va buning evaziga haq so’raydigan xususiy bizneslar bor va qatnashchilarga bundan ehtiyot bo’lish maslahat beriladi.

Lotereya g’oliblari elchixona va konsulxonaga borganlarida viza olish uchun haq to’laydilar xolos.

2012 yilgi Grin Kard tanlovi borasida barcha zarur ma’lumotlarni AQShning O’zbekistondagi elchixonasi veb saytidan o’zbek va rus tillarida olishingiz mumkin:

http://uzbek.uzbekistan.usembassy.gov/dv_2012_uz.html
http://russian.uzbekistan.usembassy.gov/dv_2012_ru.html

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG