Mark Grossman: Amerika Afg’oniston va Pokistonni suyashda davom etadi

  • Amerika Ovozi

Prezident Obamaning Pokiston va Afg'oniston masalalari bo'yicha maxsus vakili Mark Grossman, Pokiston Ichki ishlar vaziri Rahmon Malik

Prezident Obamaning Pokiston va Afg'oniston masalalari bo'yicha maxsus vakili Mark Grossman, Pokiston Ichki ishlar vaziri Rahmon Malik

Prezident Obamaning Afg’oniston va Pokiston masalalari bo’yicha maxsus vakili Mark Gorssman Amerika mintaqani qo’llab-quvvatlashda davom etadi, deydi.


Uch davlat uchun Afg’onistonda tinchlik va farovonlikni ta’minlash ustuvor masala, deydi ikki yillik xizmat muddati tugab borayotgan diplomat “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

Grossmanning aytishicha, Vashingtonning vazifasi muzokara davom etishini ta’minlash, Islomobod va Kobul muloqoti silliq kechishini kuzatish.

Oxirgi bir yilda Pokiston jarayonda faolroq, jonliroq qatnashayotgani maqtovga loyiq, dedi rasmiy. Grossman fikricha, o’tgan yil bilan qiyoslaganda Vashington-Islomobod munosabatlari bugun mustahkamroq.

Aksilterrorizm, Afg’oniston, sarmoya va aloqa vositalari kabi sohalarda birga ishlash zaruratini tomonlar yaxshi tushunadi, deydi u.

Afg’oniston mutasaddilari so’zlariga ko’ra, janubdagi portlash amerikalik askar va ikki afg’onni hayotdan olib ketgan.

Voqea AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta tashrifidan bir necha soat o’tib ro’y bergan. Qandahor politsiyasi deydiki, shahar aeroportiga kiraverishda koalitsiya askarlari yonida mashina portlagan.

Tolibon bu uning ishi ekanini da’vo qilmoqda. Amerika mudofaa vaziri qo’mondonlar va harbiylar bilan ko’rishish, prezident Hamid Karzay bilan muzokara o’tkazish uchun Kobul va Qandahorda bo’ldi. Panettaning tashrifi oldindan e’lon qilinmagan edi.
Amerika Mudofaa vaziri Leon Panetta tashrifidan bir necha soat o'tib, Qandahorda portlash ro'y bergan

Amerika Mudofaa vaziri Leon Panetta tashrifidan bir necha soat o'tib, Qandahorda portlash ro'y bergan


Vazirning aytishicha, prezident Karzay AQSh rahbari Barak Obamaning kelasi oy Vashingtonga kelish taklifini qabul qilgan.

Prezidentlar 2014-yilda xalqaro koalitsiya ketgach, Afg’onistonni qo’llab-quvvatlash, bu yerda qancha askar qoldirish, ularning maqomi haqida gaplashib oladi.

Hozir Afg’onistonda 68 ming amerikalik harbiy bor. Ayrim qo’mondonlar 15 ming zobitni mamlakatda qoldirishni maslahat bermoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG