Guantanamo qamog'i ochilganiga 10 yil bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Qamoqxona rasman 2002-yilda o'sha davrdagi prezident Jorj Bush buyrug'i bilan ochilgan. Hozirda u yerda 171 mahbus bor.

Qamoqxona rasman 2002-yilda o'sha davrdagi prezident Jorj Bush buyrug'i bilan ochilgan. Hozirda u yerda 171 mahbus bor.

Kubaning Guantanamo bo'g'ozida AQSh maxsus qamoqxona ochganiga 10 yil bo'ldi. Prezident Barak Obama uni yopamiz deb va'da bergan, lekin Kongress u yerdagi 171 mahbusni Amerika turmalariga ko'chirishga ruxsat bermayapti.

Oq Uy oldida deyarli har kuni namoyish. Inson huquqlari tashkilotlari va norozi fuqarolar Guantanamo yopilishini talab qilmoqda.

Qora kapyushon va to’q sariq kombinezon kiygan faollar nazarida Guantanamoda saqlanayotgan 171 mahbus yo sudlanishi yo ozod etilishi kerak.

Tom Parker Xalqaro Amnistiya tashkiloti vakilining aytishicha, Guantanamo qamoqxonasini yopish vaqti keldi. Amerikaga hech qanday foydasi yo’q.

Oq Uy oldida namoyish

Oq Uy oldida namoyish

"Ichki siyosat sabab ochiq turibdi, xolos. Mahbuslar tahdid emas. Guantanamo Amerika obro’sini to’kmoqda", -deydi u.

So’nggi 10 yilda bu yerda salkam 780 mahbus saqlandi. Qamoqxona tanqidchilarining aytishicha, ularning panjara ortida o’tirganidan Amerika xavfsiz bo’lib qolgani yo’q.

Namoyishchilardan biri Den Burgevin qo’liga kishan solib, Oq uy qarshisiga o’rnatilgan panjarada o’tiribdi.

"Hech bir ayblovsiz odamlarni qamab, yaqinlaridan ayirib, jirkanch amaliyotni davom ettiryapmiz. Amerikalik sifatida o’zimizga bir savol berishimiz kerak: bizga ham shunday muomala qilishlarini istarmidik", - deydi u.

Ilk mahbuslar Guantanamoga 10 yil avval, 2001-yil 11-sentabr xurujlaridan so’ng olib borilgan. Qamoqxona rasman 2002-yilda o'sha davrdagi prezident Jorj Bush buyrug'i bilan ochilgan.

Oq Uy oldida namoyish

Oq Uy oldida namoyish

Terrorga qarshi urush jarayonida ushlanib, to’q sariq kombinezondagi kishanlangan odamlar tasvirlangan suratlar inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar diqqatini o’ziga tortadi. Faollar mahbuslarga qo’llangan qiynoq usullarini qoralaydi.

Guantanamoni qo’llab-quvvatlayotganlar nazarida esa asirlar jangari bo’lib, urush paytida ularni hibsda saqlash g’alabani ta’minlashda zarur chora.

Vashingtondagi Xeritij jamg’armasi tahlil markazi xodimi Kalli Stimsonning aytishicha, odamlar doim ham jazo uchun qamoqqa tashlanmaydi.

"Ular bizga qarshi qurol ko’tarmasligi uchun urush qonunlariga ko’ra ushlab turilibdi. Dushmanni yengmoqchi bo’lsak, jang maydoniga qaytishining oldini olish kerak", - deydi tahlilchi.

Sobiq mahbuslar fikricha Guantanamo insoniyat tarixiga qora dog’ bo’lib tushadi.

"Bu katta fojia. Bizni oilamizdan ayirishdi, azobga solishdi.” Muazzam Bek bu qamoqxonada ikki yil saqlangan", - deydi bu qamoqxonada ikki yil saqlangan Muazzam Bek.

Prezident Obama Guantanamoni yopishga qaror qilgan, ammo Kongress mahbuslarni boshqa joyga ko'chirishga ruxsat bermayapti

Prezident Obama Guantanamoni yopishga qaror qilgan, ammo Kongress mahbuslarni boshqa joyga ko'chirishga ruxsat bermayapti

Prezident Obama Guantanamoni yopishga va’da bergan, ammo Kongress mahbuslarni ko’chirishga yo’l qo’ymayapti.

Siyosiy vaziyat hozir murakkab, deydi kongressmen Jim Moran.

Amerika xalqi muammoning negiziga yetmas, demokratik jarayonning ajralmas qismi bo’lgan inson huquqlari haqida qayg’urib, o’z so’zini dangal aytmas ekan, hech narsa o’zgarmaydi, deydi qonunchi.

Bu o’rtada Guantanamoni yopishga qaratilgan namoyishlar davom etmoqda. Va’da qachon bajariladi, hali-beri ma’lum emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG