Breaking News

Saudiya Arabistoni terrorist deya tamg'alanishni xohlamaydi


Saudiya Arabistoni Vashingtonda muhokama qilinayotgan yangi loyihadan norozi
Saudiya Arabistoni Vashingtonda muhokama qilinayotgan yangi loyihadan norozi

Saudiya Arabistoni AQShda muhokama qilinayotgan yangi loyihadan norozi. Kongress ko'rib chiqayotgan hujjatda amerikaliklarga qirollikni sudga berish huquqi haqida gap ketadi.

2001-yilning 11-sentabridagi terror xurujlarini amalga oshirgan shaxslar asosan Saudiya Arabistonidan bo'lgan va ular haqida qirollik yetarli ma'lumotga ega bo'la turib, chora ko'rmagan, deya ayblab keladi masalani o'rganib chiqqan siyosatdonlar va faollar. Ular nazarida Saudiya Arabistoni terror homiysidir.

Qirollik boshchiligidagi Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi Vashingtonni bu yo'ldan bormay, rishtalarga raxna solmaslikka undamoqda.

Ammo qonun loyihasi Vakillar Palatasidan o'tib bo'ldi va hozirda Senatga yo'l olgan. Oq uy bu hujjat tasdiqlanishiga qarshi va ma'qullansa, veto qo'yishga shay.

Obama ma'muriyati ta'biricha, bu qadam qirollik bilan munosabatlarni buzadi va chet davlatlarda Amerika va uning manfaatlariga qarshi o'xshash harakatlat avj olishi mumkin.

19 terrorchidan 15 nafari saudiyalik bo'lgan, ammo ularning hukumat bilan ishlagani haqida biror asos yo'q, deydi rasmiylar.

Biroq qonunchilar orasida Saudiya Arabistoniga qarshilik kuchli. Maxfiy hujjatlarda qirollik terrorchilar va ularning rejalari haqida bilgani haqida ma'lumotlar borligi aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG