Breaking News

Kiyevda Gulnora Karimovaning qarindoshi ushlandi


Gulnora Karimovaning yaqinlaridan hisoblangan, og'ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib qidiruvga berilgan Akbarali Abdullayev Ukrainada ushlangan.

Kiyev sudi uni 40 sutka hibsda ushlashni buyurgan. Abdullayevning O'zbekistonga topshirilishi kutilmoqda. Karimovning bevasi Tatyana Karimovaning jiyani Akbarali Gulnoraning biznes imperiyasida muhim o'rin tutgan.

Karimov davrida iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib qamoqqa tashlangan Abdullayev O'zbekistondan qochib chiqishga muvaffaq bo'lgan.

U Ukraina aeroportida, mamlakatga kirayotib, katta miqdorda mablag' o'marishda ayblanib xalqaro qidiruvda ekani ma'lum bo'lgach ushlangan.

Akbarali Abdullayev Ukrainada qo'lga olingan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:50 0:00

17-yanvar kuni Kiyevning Solomenskiy sudi Abdullayevni 40 kun hibsda ushlashga qaror qilgan. Sudning matbuot kotibi Yana Kvitchenko so'zlariga ko'ra, Abdullayev O'zbekistondan rasman murojaat tushmaguncha hibsda qoladi.

Kvitchenkoning aytishicha, u Abdullayevga tegishli boshqa ma'lumotni oshkor qilishga haqli emas.

Kiyev prokuraturasi ma'lumotiga qaraganda, 33 yoshli O'zbekiston fuqarosi "Interpol" tizimi orqali xalqaro qidiruvda bo'lgan, vatanida o'ta katta pulni o'zlashtirishda ayblangan, hibs paytida uning yonidan Dominikan respublikasi va O'zbekiston respublikasi pasportlari chiqqan.

Prokuraturaga ko'ra, Abdullayev umumiy hisobda 300 million dollardan oshiq mablag'ni o'zlashtirish aybi bilan qidiruvda.

Akbarali Tatyana Karimovaning singlisi Tamara Sobirovaning o'g'li. Gulnora Karimova bilan iliq munosabatlarda bo'lgan. Uning musodara qilingan biznes imperiyasida muhim o'rin tutgan.

Abdullayev Gulnoraga nisbatan jinoiy ishlar boshlanmasdan avval, Karimov ko'rsatmasiga ko'ra, katta miqdorda davlat mablag'ini talon-taroj qilishda ayblanib hibs qilingan. Keyinchalik uning qamoqqa tashlangani haqida ma'lumot chiqqan.

“Ozodlik” radiosi xabariga ko'ra, O'zbekistonda noma'lum muddat qamoq jazosini o'tgan Akbarali Abdullayev Islom Karimov vafotidan keyin mamlakatdan qochishga muvaffaq bo'lgan.

Ayni paytda u Kiyevdagi 13-tergov izolyatorida saqlanmoqda. Hozircha uni O'zbekistonga topshirish haqida ma'lumotlar yo'q.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG