Kongress quyi palatasida demokratlar isyon ko'tardi

  • Amerika Ovozi

Kongress quyi palatasida chorshanba, 23-iyundan buyon ish to’xtab qolgan. Bir guruh demokrat qonunchilar mamlakatda qurol savdosini cheklashni talab qilmoqda.

Kongress quyi palatasida chorshanba, 23-iyundan buyon ish to’xtab qolgan. Bir guruh demokrat qonunchilar mamlakatda qurol savdosini cheklashni talab qilmoqda.

AQSh Kongressining quyi palatasida chorshanba, 22-iyundan buyon ish to’xtab qolgan. Bir guruh demokrat qonunchilar mamlakatda qurol savdosini cheklashni talab qilmoqda. Ammo qonunchilik organida hukmron respublikachilar qonun loyihalarini ovozga qo’yishdan bosh tortmoqda.

Namoyishga Jorjiya shtatidan kongressmen, 1960-yillarda fuqarolik huquqlari uchun kurashgan Jon Luis boshchilik qilayapti. 12-iyun kuni Florida shtatidagi otishma jamoatchilikni junbushga keltirgan.

“Qurolli zo’ravonliklarni to’xtatish uchun nima chora ko’rdik? Qani jasorat?” - deya Jon Luis o’tgan yillar ichida ommaviy otishma ro’y bergan shaharlarni birma-bir sanab o’tdi.

Aksiyaga yakun yasash uchun respublikachilar 5-iyulgacha ta’til e’lon qildi. Vakillar Palatasidan jonli translyatsiya uzilgan.

Ammo isyonchi qonunchilar telefon orqali, "Facebook" singari ijtimoiy tarmoqlar orqali o’z talablarini olg’a surishda davom etmoqda. Respublikachilar aksiyani “siyosiy tomosha” deya tanqid qilayapti. Ularning aytishicha, qurolga egalik har bir fuqaroning konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqidir.

Prezident Obama va demokratlar qonunlarni o’zgartirishga harakat qilsa-da, qurol-aslaha ishlab chiqaradigan kompaniyalar va Respublikachilar partiyasi o’zgarish istamaydi.

200 dan oshiq isyonkor demokrat qonunchiga Jorjiya shtatidan Jon Lyuis boshchilik qilmoqda.

200 dan oshiq isyonkor demokrat qonunchiga Jorjiya shtatidan Jon Lyuis boshchilik qilmoqda.

Quyi palatada kechadan buyon ish to’xtab qolgan. Demokratlar qurol savdosini cheklashni talib isyon ko'tardi.

Quyi palatada kechadan buyon ish to’xtab qolgan. Demokratlar qurol savdosini cheklashni talib isyon ko'tardi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG