AQSh bo'ylab qurol nazoratiga qarshi namoyishlar

  • Amerika Ovozi

Tenessi shtatining Neshvil shahrida namoyishchilar qurolga egalik qilish huquqini yoqlab chiqdi, 19-yanvar, 2013-yil.

Tenessi shtatining Neshvil shahrida namoyishchilar qurolga egalik qilish huquqini yoqlab chiqdi, 19-yanvar, 2013-yil.

Kecha AQShning bir necha shtatida qurol nazoratiga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi. So’nggi yillarda jamoatchilik joylarida ommaviy zo’ravonliklarda o’nlab begunoh insonlar nobud bo’lgach, Oq uy qurolga egalik qilish qoidalarini kuchaytirishga qaratilgan takliflar bilan chiqdi. Ayrim amerikaliklar nazarida bu choralar Konstitutsiyada bitilgan qurolga egalik qilish huquqlariga ziddir.

Namoyishlar Nyu-York, Vashington, Oregon, Konnektikut, Tenessi, Texas, Yuta, Janubiy Dakota va boshqa shtatlarda o’tgan.

"Ayrim qurollarni man qilgandan ko’ra, xaridorlar o’tmishi, ruhiy sog’lig’ini yaxshiroq tekshirishsin", - deydi Texasdagi namoyishchilardan biri.

Oq uy harbiy avtomatik qurollarni man qilishni, 10 tadan ko’p o’qqa mo’ljallangan magazinlarni sotuvdan olishni taklif qilmoqda. Kongress qanday ovoz berishi hozircha ma’lum emas.

Prezident Obama amerikaliklarga murojaat qilib, har biriga o’z qonunchisidan Oq uy takliflariga munosabatini o’rganishni tavsiya qildi.

"Agar deputatingiz bunga qarshi bo’lsa, ulardan “nega” deb so’rang", - dedi Obama.

Prezidentga ko’ra, ayrim qonunchilar uchun saylovchilardan ko’ra qurol sanoati bilan munosabatlar muhimroq.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG