Iroq AQShdan jihodchilarga qarshi ko'proq zarba berishni so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel Iroqda

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel Iroqda

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel Iroqda Bosh vazir Haydar al-Abadiy va Iroqqa "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda yordam berayotgan AQSh harbiy qismlari qo'mondonlari bilan uchrashdi. Xeygel 200 nafar amerikalik va avstraliyalik harbiylar oldida so'zlab, Iroq xavfsizligi mamlakatning o'z qo'lida, deb aytdi.

"Afg'onistonda ham o'sha yurt vakillari dushmanga qarshi kurashda oldingi qatorda bo'lishi kerak. Biz ularga ko'maklashishimiz, ularni tayyorlashimiz, ularga maslahat berishimiz mumkin, biroq aynan xalq o'z hukumati atrofida birlashib, unga ishonib harakat qilishi, hukumat esa barcha guruhlar manfaatlarini hisobga olishi zarur", - dedi Xeygel.

AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya avgust oyidan beri Iroqda jihodchilarni 600 dan ortiq marta havodan nishonga olgan. Suriyada esa "Islomiy davlat"ga 500 bor zarba berilgan.

Koalitsiya qo'mondoni, AQSh general-leytenanti Jeyms Terrining aytishicha, koalitsiyaga kirgan mamlakatlar Iroqqa 1500 harbiy maslahatchilarini yuborishga va'da berdi.

""Islomiy davlat" mudofaaga o'tgan, ammo hali ham hujum qilishga qodir", - deydi general.

Abadiy Xeygeldan jihodchilarga qarshi qattiqroq va ko'proq zarba brishni so'ragan. Shunda, deydi u, Iroq piyoda askarlari g'alabaga tezroq erishadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG