AQSh mudofaa vaziri iste'fo berdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel (chapda) va Prezident Obama

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel (chapda) va Prezident Obama

Bugun AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel iste'fo berdi. Prezident Barak Obama bu haqda bugun Oq uyda e'lon qildi. U Xeygelga ikki yillik xizmati uchun minnatdorchilik bildirdi. Vazir esa o'z navbatida Obama va uning siyosatini bundan keyin ham qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Obama ma'muriyatidan olingan ma'lumotlarga qaraganda, prezident so'nggi ikki hafta davomida milliy xavfsizlik kengashida bir necha bor majlis qilib, nihoyat juma kuni Xeygeldan lavozimini bo'shatishni so'ragan. Mudofaa vaziri demokrat prezident jamoasining yagona respublikachi vakili edi.

"Nyu-York Tayms" gazetasiga ko'ra, Obama Xeygelning "Islomiy davlat"ga qarshi kurashni eplay olishiga shubha bildirgan va boshqa odamni bu lavozimga tayinlamoqchi.

Kuzatuvchilar uch nomzod haqida mulohaza qilmoqda. Bular mudofaa vazirining sobiq o'rinbosari Mishel Flornoy, Roud-Aylend shtatidan senator Jek Rid va mudofaa vazirining sobiq muovini Eshton Karter.

Yangi vazir tayinlanmaguncha Xeygel ishini bajarib turadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG