Breaking News

Tergovchi Gaitida vaboning kelib chiqishida BMTni ayblamoqda


Vabo bilan kasallangan gaitiliklar
Vabo bilan kasallangan gaitiliklar

BMTning qashshoqlik bo’yicha maxsus vakili Filip Olston Gaitida vaboning kelib chiqishida jahon tashkilotini ayblamoqda. Epidemiya oqibatida bu mamlakatda shu kunga qadar 9300 dan ziyod odam o’lgan, 800 ming gaitilik vabo bilan kasal.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gaitida vabo epidemiyasini e’lon qilishdan bosh tortdi, o’zining asossiz xulosalariga tayanib, ilmiy dalillarga ko’z yumdi”, - deydi ekspert.

Ma’lum bo’lishicha, BMTning Gaitida xizmat qilgan nepallik tinchlikparvar qo’shinlari 2010-yilgi qattiq zilziladan keyin chiqindilarni mahalliy daryoga oqizavergan. Hozir har hafta 500 odam vaboga duchor bo’lmoqda.

BMT bosh kotibining aytishicha, tashkilotning bu ishda ma’naviy aybi bor. Biroq Pan Gi Mun BMT huquqshunoslarining tavsiyasiga muvofiq tashkilot nomidan huquqiy mas’uliyatni o’z bo’yniga olgani yo’q.

Bosh kotib murosa qilish maqsadida vabodan zarar ko’rgan oilalarga 200 million dollarlik yordam dasturi taklif etib, yana 200 million dollar vaboga qarshi kurashga va Gaitida sanitariya ahvolini yaxshilashga sarflanishini bildirdi.

Kasalga uchragan ayrim odamlar BMTni sudga bermoqchi bo’ldi, biroq tashkilot huquqshunoslari BMTning diplomatik daxlsizligiga ishora qildi.

Xalqaro hayot - 26-oktabr, 2016-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:01 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG