Gaiti zilziladan bir yil o’tib hali ham xarob

  • Amerika Ovozi

Poytaxtda vayronalar faqat qisman tozalangan. Shahardagi chodirlarda bir milliondan oshiq kishi yashaydi.

Poytaxtda vayronalar faqat qisman tozalangan. Shahardagi chodirlarda bir milliondan oshiq kishi yashaydi.

Bundan bir yil oldin Karib dengizidagi orol davlat Gaitini kuchli zilzila qaqshatib, 250 ming odamni hayotdan olib ketgan edi.

Poytaxt Porto Prins xarobaga aylangan edi. Bugun shahar qayta qurilmoqda. Lekin millionlab odamlar hamon uysiz.

Vabo avj olib, o’tgan oylar ichida minglab odam nobud bo’ldi. Buning ustiga siyosiy vaziyat tang. Yaqinda o’tgan prezident saylovlari bir tartibda o’tmagan. Shikoyatlar tekshirilar ekan, natijadan darak yo’q.

Poytaxtda vayronalar faqat qisman tozalangan. Ko’chalardan hali ham o’tib bo’lmaydi. Shahardagi chodirlarda bir milliondan oshiq kishi yashaydi.

Xotin-qizlarga tajovuz qilish, ularni zo’rlash hollari ko’paygan.

Xotin-qizlarga tajovuz qilish, ularni zo’rlash hollari ko’paygan.

Odamlar ishsiz, ko’pi xalqaro tashkilotlar ulashgan yegulik, qo’ni-qo’shni yordami bilan tirik.

Qayerga qaramang, tartibsizlik. Inson huquqlarini himoya qiluvchi Xalqaro Amnistiya tashkilotining ogohlantirishicha, xotin-qizlarga tajovuz qilish, ularni zo’rlash hollari ko’paygan.

Vabo epidemiyasida 3500 odam o’ldi. Hozir kasallik ancha chekingan. Tibbiy yordamni asosan “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti ko’rsatadi.

Doktor Karin Nordstrandning aytishicha, uning huzuriga kuniga 40-50 bemor keladi.

Shahar ahli nochor hayot, iqtisodiy-siyosiy mavhumlikdan to’ygan. Kunda namoyishlar. Noyabrda prezident saylovlar o’tgan bo’lsa, haligacha natijalar noma’lum. Muxolifat hukumatni sustkashlikda ayblab, tanqid qiladi.

Qayerga qaramang, tartibsizlik

Qayerga qaramang, tartibsizlik

Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi xodimi Metyu Kokreyn nazarida rahbariyatga oson emas. Gaitida zilzila oqibatida hukumat barbod bo’lgan.

Yuzlab odamlar, jumladan mutaxassislar va arboblar o’lgan. Idoralar vayron bo’lgan, minglab hujjatlar yo’qolgan, tizim ishdan chiqqan.

Qayta qurish ishlari siyosiy vaziyatga bog’liq. Gaiti kun sayin tarqoqlashib bormoqda. Prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi qachon kechishi noma’lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG