Breaking News
Din

Gaitida zilzila ketidan musulmonlar ko'paygan


Gaitilik musulmon Darlin Derosiye poytaxtdagi Al-Fattah masjidida, Port-o-Prens, Gaiti.
Gaitilik musulmon Darlin Derosiye poytaxtdagi Al-Fattah masjidida, Port-o-Prens, Gaiti.
Gaitida aholining aksariyati nasroniy. Ammo 300 ming inson umriga zomin bo’lgan va bir milliondan ortiq odamni uy-joysiz qoldirgan 2010-yilgi zilziladan beri mamlakatda musulmonlar soni sezilarli oshgan.

Gaiti musulmonlari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:18 0:00
Yuklab oling

Gaiti poytaxti Port-o-Prens shahrida bugun kamida beshta masjid bor. Ikki farzandning onasi, o’qituvchi Darlin Derosiye ulardan birining qurilishiga o’z hissasini qo’shdi.

Derosiye zilzilada uyini va talofatdan bir oy o’tib turmush o’rtog’ini boy bergandan so’ng islomga kirganini aytadi.

“Tamom bo’ldim deb turganingda omon qolish men uchun g’alaba qozonish bilan teng”, - deydi u.

Gaitiliklarga yordam berish uchun zilzila ketidan turli dinga mansub odamlar xorijdan keldi. Islomga yaqinda kirgan Kishner Billining aytishicha, eng ko’p g’amxo’rlik qilganlar musulmonlar bo’ldi.

“Ofat ro’y bergach, musulmonlar yordam berish uchun Britaniya, AQSh, Fransiya va Belgiya kabi mamlakatlardan kelishdi. Katolik va protestantlar ham yordamga shoshildi. Lekin shu talofatdan so’ng tobora ko’p gaitiliklar islomni qabul qilmoqda”, - deydi Billi.

Uning aytishicha, islom zilziladan so’ng gaitiliklar hayotiga yangi ma’no kiritib, ularga yo’lboshchi bo’lmoqda.

Zilzila sodir bo’lgandan beri qancha gaitilikning musulmon bo’lgani haqida rasmiy ma’lumot yo’q. Islom dini hukumat tomonidan rasman tan olinmagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG