Din

Saudiya Arabistonida haj ziyoratida o'lganlar soni 700 dan oshdi

  • Amerika Ovozi

Millionlab musulmonlar Saudiya Arabistonida haj ziyoratini ado etar ekan, Mino shahridagi tiqilinchda o'lganlar soni 700 dan oshdi.

Voqea ibodatning so'nggi yirik amali bo'lmish shaytonga tosh otish marosimi paytida ro'y bergan. Saudiya rasmiylari fojeada 805 odam jarohatlangani haqida ma'lum qilmoqda.

Twitter tarmog'ida qo'yilgan suratlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini, yuzlab ziyoratchilar kasalxonaga olib ketilayotganini ko'rish mumkin.

O'zbekiston Musulmonlari diniy idorasidan olingan dastlabki ma'lumotga qaraganda, Minoda o'lganlar orasida o'zbekistonliklar yo'q.

O'zbekistondan bu yili besh mingdan ziyod odam Makkaga ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG