HAMAS, Isroil yana qurolini qo'lga oldi

  • Amerika Ovozi

G'azo

G'azo

Isroil va HAMAS yana o’q almashmoqda. Ikkisi Misrdagi muzokarada uch kunlik sulhni uzaytirishga kelisha olmagach, qurolni qo’lga olgan.

Bugungi janglarda G’azoda 10 yashar bola nobud bo’lgani ma’lum. Uch kunlik sulh muddati bugun tongda tugashi kerak edi. Isroilning da’vo qilishicha, HAMAS undan bir necha soat oldin otishma boshlagan.

Isroil hukumati so’zlovchisi Mark Regevning aytishicha, HAMAS oddiy fuqarolarni nishonga olayapti. “Sulh muvaffaqiyatini xohlagan edik, deydi Regev. G’azodan hamma kuchlarimizni olib chiqib, otishmani to’xtatdik. Faqat mudofaani mustahkamab qo’ygan edik. Lekin HAMAS erta tongdan Isroilda oddiy aholi turar-joylariga raketa ota boshladi”, - deydi Isroil hukumati so’zlovchisi.

Isroil G’azoda yetti yildan beri davom etayotgan blokadani bas qilmas ekan, HAMAS ham kurashdan chekinmoqchi emas. Isroilning talabi shuki, avval HAMAS jangovar siyosatini bas qilib, qurolini tashlasin, shunda blokada ham bekor qilinadi. G’azoda joriy etilgan blokada iqtisodni bo’g’ib, falastinliklarning bemalol harakatlanishiga yo’l bermaydi.

HAMAS va Isroil ikki kundirki Misrda vositachilar orqali muloqot qilayapti va sulhni uzaytirishga urinayotgan edi. To’rt haftadan beri tinmayotgan otishma kamida 1900 falastinlikni, asosan, tinch fuqaroni hayotdan olib ketdi. Isroil tomonida 64 askar va uch nafar tinch aholi vakili halok bo’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG