Birdamlik lideri Bahodir Choriyevning otasi amnistiya tufayli qamoqdan ozod etildi

  • Amerika Ovozi

Hasan Choriyev

Hasan Choriyev

"Birdamlik" demokratik harakati rahbari Bahodir Choriyevning otasi 72 yoshli Hasan Choriyev O'zbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan e'lon qilgan amnistiyaga ko'ra qamoqdan ozod etilgan.

"Ezgulik" inson huquqlari jamiyati bu qarorni olqishlab, O'zbekiston hukumatini panjara ortida o'tirgan boshqa faollar, jurnalistlar va huquq himoyachilariga ham erkinlik berishga undamoqda.

Hasan Choriyev 2013-yilning iyun oyida Qashqadaryo viloyatida jinsiy tajovuzda ayblanib, qamoqqa olingan edi. Jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudining 2013-yilning 25-avgustida chiqqan hukmiga binoan u 5,2 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Choriyev Qarshida 19 yoshli Matluba Abdurahmonova ismli ayolni zo'rlaganlikda aybdor deb topilgan.

Bugungi hayoti va biznesi AQShning Missuri shtatida asoslangan Bahodir Choriyev yozda ukalari va farzandlari bilan Vashingtonda namoyishlar o'tkazib, Amerika ahli va hukumatidan yordam so'ragan edi.

Choriyevlar oilasi deydiki, Islom Karimov boshliq diktatura o'g'ilning siyosiy faoliyati, muxolif qarashlari uchun alamni uning otasidan oldi. Jinsiy tajovuz aybi tuhmatdir, degan edi Bahodir Choriyev, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

Hasan Choriyev 14-yanvar kuni jinoyat ishlari bo'yicha Bos'tonliq tuman sudi qarori bilan Tovoqsoy posyolkasidagi qamoqxonadan ozod etilgan. Otaxon "Ezgulik" ning Qashqadaryo viloyati bo'limi a'zosi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG