O'zbekistonlik ijodkor Umida Ahmedova - xalqaro mukofot sohibi

  • Amerika Ovozi

Umida Ahmedova olgan surat. Toshkent, 10-avgust, 2009-yil

Umida Ahmedova olgan surat. Toshkent, 10-avgust, 2009-yil

Inson huquqlari jamg'armasi (Human Rights Foundation) Vaslav Gavel nomidagi nufuzli mukofotning bu yilgi sohiblari - eronlik karikatura ustasi Atena Farhadani, rossiyalik rassom Pyotr Pavlenskiy va o'zbekistonlik fotojurnalist Umid Ahmedova.

Jamg'arma chex adibi Vaslav Gavel sharafiga ta'sis etilgan. Sovrin repressiv siyosat va adolatsizliklarga qarshi o'z ijodi orqali kurashayotgan insonlarga beriladi.

Umida Ahmedova ijtimoiy mavzulardagi jiddiy asarlari va hujjatli filmlari bilan nom qozongan ijodkor. U jamiyatdagi nozik mavzularni, xususan, xotin-qizlar hayoti, qashshoqlik va elatlararo munosabatlarni yoritib keladi.

"Umidaning ishi O'zbekistondagi yangi avlod fotograflari uchun ilhom manbaidir", - deydi "Xalqaro Amnistiya" tashkilotidan Jon Peder Yujinas.

Uning aytishicha, Umida Ahmedova o'z ishida jahondagi eng yopiq jamiyatlardan birida real voqelikni aks ettiradi.

Inson huquqlari bo'yicha jamg'arma - nodavlat tashkilot. Uni boshqaruvchi kengashiga Garri Kasparov, Georgi Ayittey, Palden Gyatso, Mo'tabar Tojiboyeva, Elli Vizel va Garri Vu kabi huquq himoyachilari kiradi.

Vaslav Gavel mukofoti sohiblariga "Demokratiya ma'budi" haykalchasi shu oy Oslo shahrida topshiriladi. Uch laureat 350 ming Norvegiya kronasini bo'lishib oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG