Millionlab chaqaloqni o’limdan asrab qolish mumkin

  • Amerika Ovozi

Nobud bo’layotgan har to’rt chaqaloqdan biri – Hindistondan

Nobud bo’layotgan har to’rt chaqaloqdan biri – Hindistondan

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti va “Bolalarni Asrang” degan xalqaro muassasa berayotgan ma’lumotga ko’ra, har yili kamida 3 million chaqaloq tu’gilganidan to’rt hafta o’tmay vafot etadi.

Lekin, deydi mutaxassislar, harakat qilinsa, bu go’daklar hayotini asrab qolish qiyin emas.

Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Xitoy va Kongo Demokratik Respublikasi - chaqaloqlar orasida o’lim sur’ati eng yuqori davlatlar.

Nobud bo’layotgan har to’rt chaqaloqdan biri – Hindistondan.

Bolalar shifokori Joy Loun yangi tadqiqot mualliflaridan biri. Chaqaloqlar o’limi ko’lamini kamaytirish yo’llari bor, deydi u.

Millionlab chaqaloqni o’limdan asrab qolish mumkin

Millionlab chaqaloqni o’limdan asrab qolish mumkin

“Endigina tu’gilgan bolani iflos emas, balki quruq va issiq joyga qo’yib, uni darhol emizish Hindiston qishloqlarida chaqaloqlar o’limini ikki barobar kamaytirdi. Bunday amaliyotni hamma yerda qo’llash mumkin”, - deydi doktor.

Bunday sodda qadamlar yangi tu’gilgan chaqaloqlar orasidagi o’limni yiliga deyarli 70 foizga kamaytiradi.

Yana bir muhim omil – tug’ruq paytida ona va bolaning tajribali shifokorlar nazoratida bo’lishi.

“Tibbiy xodimlar ishini bilib, kerakli asbob-uskuna va dori-darmon bo’lsa, onalar va go’daklar o’limini ikki barobarga kamaytirish mumkin”, - deydi shifokor.

Go’daklar hayotini saqlab qolishda tibbiy texnologiylar ham katta rol o’ynaydi. Yaqinda AQShning Rays Universitetida “infantAIR” deb nomlangan apparat kashf etildi. U yangi tu’gilgan va o’pkasi yetarlicha rivojlanmagan chaqaloqlarga nafas olishda yordam beradi.

Millionlab chaqaloqni o’limdan asrab qolish mumkin

Millionlab chaqaloqni o’limdan asrab qolish mumkin

Kashfiyotchilar - Rays Universiteti professori Rebekka Richards-Kortum va uning talabalari.

Apparat homiylari esa AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi va Bill va Melinda Geyts jamg’armasidir. Asbob sinovdan o’tmoqda.

”Reanimatsiya uchun arzon jihozlar, sariq kasalni tezkor davolash uchun zarur vositalar ishlab chiqish, qon yo’qotishning oldini olish uchun uni elektron yo’l bilan va uyali telefon orqali monitoring qilish, yangi dorilar va tashhis, bularning bari kasalxona bo’lmagan qishloqlarda yashovchi odamlar uchun nihoyatda muhim”,- deydi Rajiv Shoh, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG