Breaking News

Yangi, bepul oyoq... Insonparvar tashkilot faoliyatidan


Bepul, yangi oyoq - OPERATION WALK
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Bepul, yangi oyoq - OPERATION WALK

Suyak va bo’g’inlari kasallangan odamlar umr bo’yi og’riq bilan yashashga majbur, hatto nogironga aylanishi mumkin. Ba’zida xastalikni sun’iy son yoki tizza o’rnatish orqali yengsa bo’ladi, lekin bunday operatsiyalar odatda qimmat.

Muhtojlarga bepul muolaja taklif etayotgan tashkilot/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00
Yuklab oling

Amerikadagi bir tashkilot nafaqat AQShda, balki qashshoq davlatlarda ham aynan shunday murakkab muolajani bepul taklif etmoqda.

Stiven Makkellar og’riq nimaligini yaxshi biladi.

“Kuniga 24 soat og’riq bilan yashaysiz. Tinchlik yo’q,” - deydi u.

Makkelarning kasali osteoartrit, bo’g’inlar shikastlangan. Tos-son suyaklarini endoprotezlar bilan almashtirish kerak, lekin sug’urtasi yo’q.

“Taslim bo’lasiz, tushkunlikka tushasiz. Hech kim bilan gaplashmay, hech kimni ko’rmay deysiz,” - deydi u.

Ammo “Yurish Operatsiyasi” nomli klinika Stiven Makkellarga mo’jiza bilan barobar imkoniyat berdi - bepul muolaja. Og’riq ham o’tdi, depressiyadan ham chiqdim, deydi bemor.

“Qomati qayta tiklandi. Bo’yi 183 bo’lgan turmush ortog’im yonimga qaytgandek. Chehrasidagi azob o’rnida endi tabassum,” - deydi uning rafiqasi Velli Makkelar.

Operatsiyani kaliforniyalik ortoped-jarroh Lorens Dorr bajardi. Notijoriy, gumanitar tashkilotga u 1996-yilda asos solgan. Donorlar va ko’ngillilar yordami bilan Nepal va Tanzaniya kabi mamlakatlarda kambag’allarga bepul davolanish imkonini ham beradi.

“Mayib-majruh odamlarni nazar-pisand qilishmaydi u yerda. Nogiron ayol turmush qurolmaydi, erkakni hech kim ishga olmaydi,” - deydi doktor Dorr.

“Yurish Operatsiyasi” shifokorlari o’tgan yili iyun oyida ilk bor Tanzaniyaga borib, ahvol bilan tanishdi. Bu mamlakatda tayanch-harakat a’zolari shikastlangan bemorlarning ko’pi tibbiy xizmatdan mahrum, deydi ko’ngilli jarrohlardan biri Amir Malik:

“Aholisi qashshoq. Xususiy tibbiy kompaniyalaridan yordam olish qiyin. Odamlarning 85 foizi murojaat qilsa ham yordam ololmaydi”.

Tanzaniyada muhtojlarga ma’lumot berish - ishning muhim bir qismi. Ayrim bemorlar tanasiga protez o’rnatilishidan qo’rqadi, deydi shifokor Jeffri Kibira.

“Qanday qilib sun’iy narsa bilan yurish mumkin deb so’rashadi. Bemorlar operatsiyadan keyin yura boshlagani, og’riqdan xalos bo’lganini ko’rib, boshqalar ham kela boshladi", - deydi doktor Kibira.

Lorens Dorr uning qo’lida, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlaydigan ko’ngilli vrach-hamshiralar haqida shunday deydi:

“Ular olis davlatlarda, chorasizlik girdobida qolgan odamlarga yordam bera olishini anglab yetyapti. Bu ularni o’zgartirayotgani aniq, ijobiy tarafga”.

Ba’zilar uchun bu ish hayot mazmuniga ham aylandi, deydi jarroh.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG