Olimlar: Erta tug'ilgan chaqaloqlarni qutqarish qiyin emas

  • Amerika Ovozi

Har yili dunyoda 1 milliondan ziyod chaqaloq nobud bo’ladi. Erta tug’ilishning oldini olish va muddatidan vaqtliroq dunyoga kelganlar hayotini saqlab qolish yo’lida so’nggi yillarda ulkan qadamlar tashlandi.


Dunyoda har yili 15 milliondan ziyod go’dak erta tug’iladi. Bola oila uchun baxt, ammo vaqtida tugi’lmasa, qiynaladi.

Chaqaloqlarning o’limiga sabab bo’ladigan eng muhim omil shu – erta tug’ilish, deydi “Bolalarni asrang” xalqaro nodavlat tashkiloti xodimi doktor Joy Loun.

“Aksariyat bolalar uchun hatto reanimatsiya xonasi kerakmas. “Kenguru-ona” uslubi bilan asrash mumkin ularni. Chaqaloq ona bag’riga bog’lanadi, ona sutini emadi, tez semiradi, haroratni yaxshiroq saqlaydi, shamollamaydi”.

Turli tashkilotlardan iborat xalqaro koalitsiya maqsadi – erta tug’ilgan bolalar orasida o’lim hollariga qarshi kurashish. Muddatidan oldin tug’ilganlarga yordam berish.

Epidemiolog Kristofer Xauzen - AQShda asoslangan “March of Dimes” jamg’armasi vakili:

“O’limlar oldini olish yo’lida ko’p ishlarni amalga oshirish mumkin. Avvalambor, boy mamlakatlarda”.

Xauzen yaqinda Britaniyaning nufuzli “Lancet” jurnalida shu mavzuga bag’ishlab maqola yozdi. U hamkasblari bilan o’tkazgan izlanish natijasida muddatidan erta tug’ilishning oldini olish yo’llarini aniqlagan. Buning besh yo’li bor, deydi olim. Xususan, homila 39 haftadan kichik bo’lgan holda “kesarevo” uslubini qo’llash hollarini kamaytirish va sun’iy tug’ruqdan voz kechish kerak.

Yangi tadqiqotga ko’ra, kamida 39 hafta bachadonda bo’lgan bolagina normal rivojlanadi.

Jennifer Xaus, “March of Dimes” jamg’armasi prezidenti:

“Miya va o’pka to’la rivojlanishi uchun homiladorlik kamida 39 haftaga davom etishi shart”.

Bolaning muddatdan erta tug’ilish hollarini kamaytirishning boshqa yo’llari qanday? Homiladorlik davrida tamaki chekmaslik, vaznni nazorat qilish, ortiqcha semirmaslik, sog’lom hayot kechirish kerak. Shuningdek, sun’iy ravishda homilador bo’laman degan ayol bachadoniga kiritiladigan embrionlar sonini cheklash bo’lajak ona va bola salomatligi uchun muhim, deydi shifokorlar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG