Breaking News

Zika virusi tarqalishda davom etayapti, vaksina yo'q


Zika mikrosefaliya bilan bog’liq ko’riladi. Bunda chaqaloqlar kichik miya bilan tug’iladi va rivojlanishdan orqada qoladi.
Zika mikrosefaliya bilan bog’liq ko’riladi. Bunda chaqaloqlar kichik miya bilan tug’iladi va rivojlanishdan orqada qoladi.

Jahon sog’liqni tashkilotining ogohlantirishicha, Lotin Amerikasi bo’ylab tarqalayotgan Zika virusiga davo topilguncha bu infeksiya yana minglab odamga yuqishi turgan gap. Olim va tadqiqotchilar uni qanday to’xtatish ustida bosh qotirmoqda.

Xususan, Braziliyada vahima kuchli, chunki virus tug’ma nuqsonlarga sabab bo’layotgani taxmin qilinadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti rahbari yaqinda bu davlatda bo’lib, ahvol bilan tanishdi.

“Afsuski, ijobiy yangilik yo’q”, - deydi Margaret Chen.

Uning ta’biricha, Zika virusi o’tgan yili G’arbiy Afrikada tarqalgan Ebola kasalligidan ham kattaroq xavf tug’dirmoqda. Sabab - Zika mikrosefaliya bilan bog’liq ko’riladi. Bunda chaqaloqlar kichik miya bilan tug’iladi va rivojlanishdan orqada qoladi.

AQSh sog’liqni saqlash mutasaddilariga ko’ra, hozirgi eng muhim vazifa - virusni chuqurroq o’rganish va vaksina yaratish. Qolaversa, Amerikada ham yoyilishiga tayyor turish.

“Puerto Riko va AQShning boshqa hududlarida tayyorgarlik ishlarini olib borish darkor, chunki sayohatchilar xavfli mintaqalardan qaytayapti. Boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilib, virus haqida ko’proq o’rganaylik. Amerika aholisini himoya qilish uchun zarur bu”, - deydi Kasalliklarni nazorat qilish markazidan Anna Shushet.

Markaz Kolumbiya va Braziliya bilan birgalikda Zikaning bolalar miyasiga qanchalik ta’sir qilishini o’rganmoqda.

Doktor Entoni Fauchiga ko'ra, o’lgan chaqaloqlar tekshirilganda ularning miyasida virus borligi aniqlangan. Kasallik homila rivojlanayotgan paytdan boshlanadi. Aniq dalillar bor deyishni istamasak-da, bu jarayonlar orasida kuchli bog’liqlik bor, deydi u.

AQSh sog’liqni saqlash agentliklari Ebolaga qarshi kurashda faol qatnashgan edi. Ebola va Zika bir-biridan farqli, ammo dunyoning har bir davlatida sog’liqni saqlash tizimi effektiv bo’lishi kerak, deydi mutaxassislar.

“Ebola epidemiyasidan saboq shu ediki, har bir mamlakat kasallik tarqalishini bartaraf etishga tayyor turishi kerak. Aks holda, virus avvalo qo’shnilarga, so’ng mintaqa va dunyoga tarqaladi”, - deydi doktor Tom Friden.

Chivinlar orqali yuqadigan Zika virusiga yaqingacha katta ahamiyat qaratilmagan. Shu bois unga qarshi vaksina, dorilar mavjud emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG