Breaking News

AQSh rahbari Obama Xirosimani ziyorat qildi


Obama Xirosimada
Obama Xirosimada

Prezident Barak Obama 27-may Yaponiyaning Xirosima shahrini ziyorat qildi. Amerika rahbari bu shaharga birinchi bor borishi. Ikkinchi jahon urushi davrida, 1945-yilning avgustida Qo’shma Shtatlar Yaponiyani yengish uchun shaharga atom bombasini tashlagan. Lekin o’sha qora kunlardan qolgan nodir yorug’ xotiralar ham bor. "Xirosima maktabidan suratlar" filmi ana shu haqda.

Suratlarni Xirosima maktabining bolalari shaharga bomba tashlanganidan ikki yil o’tib chizgan. Ular o’qigan beton imorat tushunib bo’lmas tasodif bilan omon qolgan, deydi Shizumi Shigeto Manale. Xirosimada tug’ilib o’sgan bu ayol bugun amerikalik. Rasmlar haqida hujjatli film muallifi.

“Imoratning ichkarisi yog’ochdan ishlangan edi. Shuning uchun ichi yedirilib tushgan”, - deydi Shizumi.

O’shanda Vashingtondagi bir cherkov xarobaga aylangan shahar bolalariga o’quv qurollarini jo’natgan.

Bolalar rahmat tariqasida bir quti surat chizib yuborgan. Bu suratlar uzoq yillar cherkovning yerto’lasida qolib ketdi va unutildi.

O’quvchi qiz va o’g’illarni saqlab qolgan shuki, ular Xiroshimadan ko’chirib ulgurilgan edi. Shizumi ular bilan suhbat qilar ekan, ko’pi o’sha suratlarni eslay olmadi.

“Lekin Amerikadan posilkada nimalar kelganini hammasi juda yaxshi eslaydi. Qalam, rangli mo’yqalam, vatman qog’oz. U paytda maktabda hech vaqo bo’lmagan-da”, - deydi Shizumi.

Muallim bolalardan baxtli xotiralarni qog’ozga tushirishni so’ragan.

Rasmlar ta’mirlanib, Xirosimadagi maktabda 2010-yilda tomoshaga qo’yildi.

Shizumi nazarida Prezident Obama, garchi bomba tashlangani haqida so’zlamasa-da, uning tashrifi bu insonlarda ijobiy tassurot qoldirishi aniq.

“Hech narsa demasin, faqat kelib, ko’rishib ketsin. Shunisi yetarli”, - deydi film muallifi.

Xirosimadan qolgan yorug' xotiralar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:04 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG