Fransua Olland: Rossiyaga qo'yilgan jazo choralari bekor qilinishi kerak

  • Amerika Ovozi

Fransiya Prezidenti Fransua Olland

Fransiya Prezidenti Fransua Olland

Fransiya Prezidenti Fransua Olland, agar Ukraina mojarosi bo'yicha muzokaralarda olg'a siljish kuzatilsa, Rossiyaga nisbatan joriy etilgan jazo choralarining bekor qilinishi tarafdori. Fransuz radiostansiyasiga bergan intervyusida u shu oy oxirida mojaroni hal etishga qaratilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqch ekanini ma'lum qilgan. Buning uchun Ukraina hukumati va Rossiya qo'llab-quvvatlayotgan ayirmachilar o'rtasida olib borilayotgan muzokaralarda haqiqiy siljish kuzatilishi kerak, dedi Olland.

"Biz Putin bilan gaplashishimiz kerak. Men shunday qildim. Ayni paytda biz unga nima xohlashimiz va nimani xohlamasligimizni aniq aytishimiz kerak. U o'z harakatlarini to'xtatishi lozim. Ayrimlar sanksiyalarning ta'siri bo'lmaydi, deb aytgan edi. Bu jazo choralari, neftning arzonlashishi uni zaiflashtiradi. Agar Rossiya inqirozga yuz tutsa, bu Yevropa uchun ham yaxshi emas. Shuning uchun men bunga qarshiman. Ijobiy o'zgarish kuzatilsa, sanksiyalar bekor qilinishi kerak. Agar o'zgarish bo'lmasa, jazo choralari ham joyida qoladi", - dedi Fransiya prezidenti.

Ollandga ko'ra, Putin unga sharqiy Ukrainani bosib olish niyati yo'qligini aytgan.

Aksincha, Rossiya mintaqada ta'sirchan bo'lib qolishni, Ukrainaning NATOga qo'shilmasligini xohlaydi, deydi Fransiya rahbari.

Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko ham 15-yanvar kuni Qozog'iston poytaxti Ostonada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Germaniya Kansleri Angela Merkel hamda Fransiya rahbari Fransua Olland bilan uchrashmoqchi ekanini ma'lum qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG